SIRDARYO VILOYATI GULISTON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Guliston tumani hokimining 2025-yil 19-fevraldagi 37-9-124-Q/25-sonli qarorini bekor qilish hamda umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)larni belgilash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 211-moddalari, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida, umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, Guliston tumani Adliya boʻlimining 2025-yil 9-apreldagi 1-20/1-7/102-sonli taqdimnomasini inobatga olib qaror qilaman:
1. Guliston tumani Adliya boʻlimining 2025-yil 9-apreldagi 1-20/1-7/102-sonli taqdimnomasi inobatga olinsin.
2. Guliston tumani hokimining 2025-yil 19-fevraldagi 37-9-124-Q/25-sonli qarori bekor qilinsin.
3. Tuman hududidagi Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga qarashli 70-sonli maktab-internati tugatilib, 33-sonli umumtaʼlim maktabi tashkil etilishi munosabati bilan maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)larning yangi tavsifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) roʻyxatga olish orqali amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimi oʻrinbosari X.Chelibayev, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (R.Berkinov), Umumtaʼlim maktablari rahbarlariga:
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga, umumtaʼlim muassasasi bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
6. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
7. Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (Sh.Xushmuratov)ga mahalla fuqarolari yigʻini tomonidan maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumtaʼlim muassasalariga amaliy yordam berishni tashkil etish tavsiya etilsin.
8. Tuman hokimligi axborot xizmati (S.Erkinov), “Guliston hayoti” gazetasi tahririyati (B.Norjigitova)ga Mazkur qaror mahalliy matbuotda chop etilsin va uning ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
9. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari X.Chelibayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi v. b. O. JURAYEV
Sirdaryo viloyati, Guliston sh.,
2025-yil 22-iyul,
174-9-124-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.