QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI HOKIMINING
QARORI
Qamashi tumani Oʻzbekiston mahallasi Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan bolalar istirohat bogʻi oldiga fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6-, 25-moddalariga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunning 4-, 16-moddalariga, O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “Yo'l harakati to'g'risida”gi 900-sonli Qonunining 6-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan, tuman hududida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2025-yil 17-iyundagi 319-sonli aloqa xatini ko'rib chiqib, qaror qilaman:
1. Qamashi tuman obodonlashtirish boshqarmasining 2025-yil 17-iyundagi 319-sonli aloqa xati ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qamashi tumani Oʻzbekiston mahallasi Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan bolalar istirohat bogʻi oldiga fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida oʻrnatilishi lozim boʻlgan yoʻl belgilari va manzili 1-ilovaga asosan tasdiqlansin hamda mazkur yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berilsin.
3. Qamashi tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi (N.Rahimov), tuman ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi (X.Xayrullayev) tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi (Sh.Ismatullayev) va tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori (Sh.Almardonov)lar hamkorlikda Oʻzbekiston mahallasi Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan bolalar istirohat bogʻi oldiga fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilarini oʻrnatish va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimligining axborot xizmati (N.Rasulov) ushbu qarorni tuman hokimligining rasmiy veb saytiga hamda boshqa OAVlarda keng yoritishi tavsiy etilsin.
5. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Q.Haydarov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi X. USMONOV
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani,
2025-yil 19-iyul,
203-4-58-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.