18.07.2025 yildagi VII-11-53-11-158-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI RISHTON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40V042 “Rishton sh. – Amirobod q” avtomobil yoʻlining PK0+00 qismini, D105 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining PK2640+00 qismiga tutashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rishton tumanidagi 3 ta MFYlarda (Zohidon, Gumbaz, M.Topvoldiyev) yashovchi fuqarolar hamda faollari tomonidan kelib tushgan murojaatlarga asosan avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasiga 40V042 “Rishton sh. – Amirobod q” avtomobil yoʻlining PK0+00 qismini, D105 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining PK2640+00 qismiga tutashtirish masalasida aloqa xati yoʻllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur masala yuzasidan Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi tomonidan 2025-yil 6-may kungi 54-sonli texnik shart taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobillar kirish chiqish (syezd) yoʻlini ochish ishlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-sonli qarori va amaldagi ShNQ 2.05.02-23 talablaridan kelib chiqib, qoʻshimcha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va ushbu loyiha-smeta hujjatlari Fargʻona viloyati IIB JXX YHHB bilan kelishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobillar kirish chiqish (syezd) yoʻlini ochish ishlari Rishton TYFDM tomonidan xizmat koʻrsatuvchi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatiga ega 40V042 “Rishton sh. – Amirobod q” avtomobil yoʻlining PK0+00 qismini, Fargʻona YMFKDM tomonidan xizmat koʻrsatuvchi umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega D105 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining PK2640+00 qismiga tutashtirib, mavjud yoʻl elementlariga hamda koʻkalamzorlashtirish maydoniga (Fargʻonayoʻlkoʻkalam DM bilan kelishib) ortiqcha shikast yetkazmagan holda, yoʻlning oʻng tomonida, bir joydan, amaldagi ShNQ 2.05.02-23 ning avtomobillar kirish chiqish (syezd) yoʻlini ochish ishlari boʻyicha sxema ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish taʼmirlash ishlarini tashkil etishda harakat xavfsizligini taʼminlash sxemasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni va sessiyada deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunini 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi QAROR QILADI:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi tomonidan 2025-yil 6-may kungi 54-sonli “texnik sharti” hamda Rishton tuman hokimligi bosh mutaxasissi F.Urinboyevning 40V042 “Rishton sh. – Amirobod q” avtomobil yoʻlining PK0+00 qismini, D105 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining PK2640+00 qismiga tutashtirish toʻgʻrisidagi Axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi direktori (J.Raxmonov) Fargʻona yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi davlat muassasasi va tegishli masʼullar bilan birgalikda avtomobil yoʻlini tutashtirish ishlarini berilgan texnik shart asosida bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-ishlar yakunlangandan soʻng, avtomobil yoʻllarining pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda yoʻl belgilarini oʻrnatish vaziflari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman YXXB boshligʻi (U.Toshboltayev)ga qurilish-taʼmirlash ishlarini tashkil etish vaqtida xarakat xafsizligini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimligi bosh mutaxasissi F.Urinboyev va tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Sh.Mavlonovlar hamda nazorati tuman Kengashi domiy komissiyasi raislari Z.Axmedov, B.Ermatov, X.Xojixonov, D.Xusanov, X.Boyigitovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOLIKOV BAXODIR RAXMATULLAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Rishton tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-53-11-158-K/25-son