XALQ DEPUTATLARI RISHTON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Rishton tumanidagi 1 ta mahalla fuqarolar yigʻini nomini oʻzbek tilida yozilishi qoidalari asosida normallashtirib, davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi majlisining 2024-yil 10-maydagi 35-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 29-apreldagi 03/08-4491-son xati ilovasi bilan tasdiqlangan Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi davlat ekspertizasi xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 29-apreldagi 03/08-4491-sonxati ilovasi bilan tasdiqlangan Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi davlat ekspertizasi xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda nomi oʻzgarayotgan hamda tasdiqlanayotgan mahalla roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Statistika boʻlimi (Oʻ.Teshaboyev), tuman Qurilish boʻlimi (R.Ibrohimov) tuman hokimligi bilan birgalikda nomi oʻzgartirilgan mahalla fuqarolar yigʻinini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron baza shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (Sh.Mavlonov) nomi oʻzgartirilgan mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga, mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
5. Tuman Qurilish boʻlimi (R.Ibrohimov) nomi oʻzgartirilgan mahalla fuqarolar yigʻinining yangi nomi yozilgan koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma–bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
6.Tuman hokimligi axborot xizmati (A.Dexqonov)ga ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni tuman hokimligining veb saytida va “Rishton xaqiqati” gazetasida, shuningdek rasmiy internet-kanallar va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish tavsiya etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madiniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi rayisi, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi (X.Xojixonov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XOLIKOV BAXODIR RAXMATULLAYEVICH
Fargʻona viloyati, Rishton tumani,
2025-yil 18-iyul,
VII-11-54-11-158-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.