18.07.2025 yildagi VII-11-55-11-158-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI RISHTON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 120-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan qoʻshimcha mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Byudjet Kodeksi”ning 119, 120, 126-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbaalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi KQ-5-V-sonli qaroriga muvofiq, Rishton tumani mahalliy byudjetining iqtisod boʻlgan mablagʻlarni maqbullashtirish hisobiga shakllangan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi taklifi toʻgʻrisidagi xulosasi kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklifda byudjet kodeksining 120-moddasi 4-qismiga muvofiq (1-ilova) boʻshab qolgan jami 4 318,5 mlrd. soʻmdan 3 588,7 mlrd. soʻm mablagʻlarni tumandagi mahalliy byudjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari hamda zaruriy xarajatlarini qoplash uchun (2-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy byudjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari uchun 2 729,1 mln.soʻm:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabr kungi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 665-sonli qarori,Fargʻona viloyati hokimining 14.05.2025 yil 216-11-0-F/25-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida tuman mahalliy byudjet tashkilotlarining zaruriy xarajatlari uchun jami 859,6 mln.soʻm mablagʻ yoʻnaltirish boʻyicha taklifi maʼqullansin (3-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek Byudjet kodeksining 119, 120, 126-moddalari “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuning 6-, 24-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi QAROR QILADI:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Rishton tumani mahalliy byudjetining iqtisod boʻlgan mablagʻlarni maqbullashtirish hisobiga shakllangan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida tuman hokimining taklifi hamda tuman byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tadbirlarga mablagʻ yoʻnaltirish maqsadga muvofiqligi boʻyicha tuman byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiyaning ijobiy xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur masala xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilganligi va doimiy komissiya majlisida muhokama qilinib, tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 120-moddasi to`rtinchi qismiga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlardan mazkur qarorning 2-ilovasiga asosan foydalanishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimini birinchi oʻrinbosari, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (D.Raxmonqulov)ga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiya ishini tashkil etib borish hamda tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, jumladan daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismidan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha har chorak yakuni bilan Xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot kiritilishini taʼminlasin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOLIKOV BAXODIR RAXMATULLAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Rishton tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-55-11-158-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.