16.07.2025 yildagi VII-16-86-10-135-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BEKOBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Bekobod tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 28-maydagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-, 24-moddalarigaasosan xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari S.Suvanovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 28-maydagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 152 ta koʻcha nomlari roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi, tuman statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi, Davlat Kadastrlari palatasi tuman filiali, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- ushbu qaror bilan nomlangan 152 ta koʻcha nomini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan fuqarolarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Bekobod tumani filiali (S.Obidov) va tuman Davlat xizmatlari markazi (U.Mirzayev )ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli hamda 2018-yil 14-dekabrdagi “Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1010-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan koʻchalar nomi oʻzgartirilishi munosabati bilan aholidan belgilangan tartibda davlat boji undirmaslik choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Tuman hokimining oʻrinbosari (U.Xaqqulov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Bekobod tumani boʻlimi (Q.Bobojonov), Obodonlashtirish boshqarmasi (lavozimiga koʻra)ga 1 oy muddatda ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni bosqichma bosqich oʻrnatish, almashtirish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (S.Suvanova)ga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi (S.S.Ergashxodjayev) fuqarolarning xorijga chiqish, kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalar, mahallalarning nomlari qayta nomlanganligiga alohida eʻtibor qaratish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda geografik obyekt nomlarini toʻgʻri yozilishini doimiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.Mazkur qaror “Yangi Bekobod” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari S.Suvanova geografik obyektlarga nom berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyica doimiy komissiya”si (G.Risqulova) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi MOʻMINOVA YOQUTXON ERGASHEVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Bekobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-86-10-135-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.