14.07.2025 yildagi VII-11-102-8-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yil 17-apreldagi “Surxondaryo viloyatida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi, tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) namunaviy toʻplami va tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish hamda ularda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim miqdorini belgilash toʻgʻrisida” VI-83-68-8-0-K/24-son qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 428-son qaroriga muvofiq, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surxondaryo viloyat hokimligining 2025-yil 13-iyundagi 02-02/1447-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish hamda ularda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining 2024-yil 17-apreldagi VI-83-68-8-0-K/24-son qarorining 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan nazorat olib borish xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Yoqubov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror imzolangan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi CHORIYEV ABDURAIM RAVSHANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-102-8-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.