XALQ DEPUTATLARI KITOB TUMANI KENGASHINING
QARORI
Kitob tumanidagi nomsiz koʻchalarning davlat ekspertizasi tomonidan tasdiqlangan nomlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining 2025-yil 1-apreldagi 05-19-5013-sonli yigʻilish bayoni va xulosasi, viloyat komissiyasining 2025-yil 9-apreldagi 07-15/3083-sonli xulosasi hamda tuman hokimining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 1-apreldagi 05-19-5013-sonli yigʻilish bayoni va xulosasi, viloyat komissiyasining 2025-yil 9-apreldagi 07-15/3083-sonli xulosasi hamda tuman hokimining taklifi maʼqullansin.
2. Kitob tumanidagi xatlovda aniqlangan nomsiz koʻchalarga taklif qilingan nomlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi L. Oʻroqovaga nomlarni belgilangan tartibda davlat reyestriga kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari F.Usmonov yangidan nomlangan geografik obyektlar nomlarini zamonaviy koʻrinishda peshlavhalarda yozdirib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
5. Tegishli mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga ayrim koʻchalarning yangidan nomlanishi munosabati bilan aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini oʻtkazish tavsiya etilsin.
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (F.Tairov) yangidan nomlangan koʻchalarda yashovchi aholining fuqarolik pasportlari berilayotganda mazkur holatga alohida eʼtibor qaratsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjaligi va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (R.Komilov) hamda tuman hokimi oʻrinbosari F.Usmonov zimmalariga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror tuman hokimligi nashrida chop etilsin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi raisi GʻAFUROV RUSTAM ABDIRASULOVICH
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
2025-yil 12-iyul,
VII-9-65-4-62-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.