ILOVA
T/r | Ustuvor vazifalar | Amalga oshiriladigan ishlar | Bajarish muddati | Masʼullar |
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 16-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tashkiliy-amaliy tadbirlar. | 1. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining videoselektor yigʻilishida koʻrib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyati hamda ulardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan majlislarini oʻtkazish. | 2025-yil 23-iyun | Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, Qonunchilik palatasining Devoni |
2. Quyi palata qoʻmitalarining videoselektor yigʻilishida koʻrib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyati hamda ulardan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan majlislarini oʻtkazish. 3. Ushbu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | 2025-yil 25-26-iyun | |||
2. | Saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish boʻyicha targʻibot tadbirlarini yanada kuchaytirish. | 1. Deputatlar tomonidan har oyda saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish. Bunda: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi «Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-330-sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari; tumanlarda yangicha yondashuv va boshqaruv tizimining yoʻlga qoʻyilishi; tumanlarda soha mutasaddilaridan va yetakchi tadbirkorlardan iborat «Islohotlar shtabi» tuzilishi hamda u orqali mahallalar kesimida loyiha, infratuzilma, moliyaviy manba, kadrlar masalalarini qamrab olgan uch yillik dastur tayyorlanishi; «Xalq nazorati» elektron portalining respublika miqyosida ishga tushirilishi; Xalq qabulxonalarining yangicha shaklda tashkil etilishi kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi. | har oyda | Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari |
2. Saylov okruglarida «Deputat soati» va «Deputat tashabbusi» amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil avgust | |||
3. | Islohotlar natijadorligini taʼminlash va aholini qiynayotgan masalalarni hal etish borasida siyosiy partiyalar fraksiyalarining ishtirokini yanada kengaytirish. | 1. Aholi muammolarini tahlil qilish va ularga samarali yechimlar taklif etish maqsadida Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarining 2025-yilning ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan hududlarda oʻrganishlar oʻtkazish jadvalini tasdiqlash. | 2025-yil iyun | Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari |
2. Siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarining hududlarda oʻrganishlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish. |
| |||
3. Har oyda siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarining hududlarga chiqishlarini tashkil etish hamda «fraksiya rahbari — saylovchi» uchrashuvlarini oʻtkazish. | har oyda | |||
4. Har oyda siyosiy partiyalar vakillari bilan birgalikda hududlarga chiqib, muayyan sohani oʻrganish. Bunda joylarda aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishni qoʻllab-quvvatlash, hududlarning investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, hududlarda ishchan va jozibador muhit yaratish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. | har oyda | |||
5. Saylovchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar hamda joylardagi oʻrganishlar davomida aniqlangan masalalarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida muhokama qilish. | zaruratga koʻra | |||
6. Joylarda muayyan sohalar va tarmoqlarda aniqlangan dolzarb masalalar yuzasidan har oyda kamida bitta vazirlik yoki idoraning axborotini fraksiya majlisida eshitish. | har oyda | |||
7. Har oyda kamida bitta davlat tashkilotiga tegishli sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan takliflar kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | har oyda | |||
4. | «Qonunchilik palatasi deputati jamgʻarmasi» institutini joriy qilish va bu orqali har bir deputatga oʻzining saylov okrugidagi ijtimoiy masalalarni hal qilish uchun maxsus mablagʻlar ajratilishini yoʻlga qoʻyish. | 1. «Qonunchilik palatasi deputati jamgʻarmasi» institutini amaliyotga joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillarini jalb etgan holda ishchi guruhni tuzish. | 2025-yil 23-iyun | Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik palatasining Devoni |
2. Ishchi guruh tomonidan: «Qonunchilik palatasi deputati jamgʻarmasi»ni shakllantirish, manbalarini aniqlash, miqdorini belgilash, ushbu mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi; «Ochiq budjet» portalida «Deputatlar tashabbusi» boʻlimini ochish, unda har bir loyiha boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar tayyorlanishi. | 2025-yil 1-avgust | |||
3. Ishchi guruh faoliyati yakunlaridan kelib chiqib, «Qonunchilik palatasi deputati jamgʻarmasi» institutini joriy qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil 10-avgust | |||
4. «Qonunchilik palatasi deputati jamgʻarmasi» mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha 12 nafar deputatdan iborat Parlament komissiyasini tuzish. Bunda har chorakda Parlament komissiyasi hisobotini Qonunchilik palatasi majlislarida eshitib borishni nazarda tutish. | 2025-yil 15-avgust | |||
5. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qonunchilik palatasining Kengashiga maʼlumot kiritish. | 2025-yil 20-avgust | |||
5. | Saylovchilar tomonidan koʻtarilgan masalalar va joylarda aniqlangan muammolarni hal etishda deputat soʻrovi institutidan samarali foydalanish. | 1. Saylov okruglarida koʻtarilgan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish olish maqsadida tegishli davlat organlari mansabdor shaxslariga deputat soʻrovlarini yuborish. 2. Joʻnatilgan deputat soʻrovlari va ular natijasida erishilgan ijobiy oʻzgarishlar haqida saylovchilarni muntazam xabardor qilib borish. | doimiy ravishda | Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari |
3. Har oy yakuni boʻyicha deputat soʻrovlarining ijro etilish holatini siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili ishtirokida muhokama qilish amaliyotini joriy etish. | har oyda | |||
6. | Deputatlarning saylovchilar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatini yanada jonlantirish. | 1. Qonunchilik palatasining Fuqarolar qabulxonasida tashkil etilgan tizim orqali deputatlarning saylovchilar bilan videokonferensaloqa rejimidagi qabulini muntazam ravishda oʻtkazib borish. | doimiy ravishda | Qonunchilik palatasining deputatlari, siyosiy partiyalar fraksiyalari |
2. Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha asosli takliflar bergan fuqarolar bilan Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining bevosita yoki bilvosita (onlayn) uchrashuvlarini tashkil etish hamda takliflarni mualliflar ishtirokida muhokama qilib borish amaliyotini yanada kengaytirish. | zaruratga koʻra | |||
7. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati ustidan doimiy nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalar qay darajada hal etilayotganligi boʻyicha davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish. Bunda faoliyati yuzasidan eng koʻp murojaat kelib tushayotgan vazirliklar va idoralar rahbarlarining axborotini eshitishga ustuvor ahamiyat qaratish. 2. Eshituv yakunlari toʻgʻrisida Qonunchilik palatasining Kengashiga axborot kiritish. | 2025-yil davomida | Qonunchilik palatasining qoʻmitalari |
8. | Yangicha shaklda tashkil etilayotgan Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikni davom ettirish. | 1. Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda fuqarolarning sayyor qabulini tashkil etib borish. Bunda quyidagilarga eʼtibor qaratiladi: aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni aniqlashga, ularni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda joyida hal etish choralarini koʻrishga; respublika darajasidagi tizimli muammolarni umumlashtirgan holda siyosiy partiyalar fraksiyalarida muhokama qilishga; aniqlangan tizimli muammolar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning axborotlarini siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida eshitishga. 2. Hududlardan quyi palataga murojaat yoʻllagan fuqarolarni ham qabullarga taklif etish va ularni bezovta qilayotgan masalalarni ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari bilan birgalikda joyida koʻrib chiqish. | har oyda saylov okruglariga chiqish davomida | Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari |
9. | Hududlardagi mavjud holatni oʻrganishda va tizimli muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish. | 1. Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatlari davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini ham partiyaviyligidan kelib chiqib, joylardagi muloqotlarga jalb qilish. | har oyda | Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari |
2. Viloyat, tuman, shahar hokimlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim masalalari yuzasidan hisobotlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida eshitishga oid tadbirlarda hududdan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokini taʼminlash. | doimiy ravishda | |||
10. | Joylarda islohotlarning natijadorligini taʼminlash, hududlarda ishlarning borishi va aholini oʻylantirayotgan masalalarni tahlil qilib borish ishlarini yanada jonlantirish. | Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan qurilayotgan yoʻl infratuzilmasi, suv va elektr tarmoqlarini barpo etish boʻyicha ijro muddati kechikayotgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida oʻrganishlar oʻtkazish. Oʻrganishlar natijalari boʻyicha qoʻmita eshituvini tashkil etish. | 2025-yil iyul | Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi |
Odamlar sayr qiladigan joylarni, bolalar maydonchalarini koʻpaytirish va koʻchalarda yashillik darajasini oshirish masalalarini hududlarga chiqqan holda oʻrganish. Oʻrganishlar natijalarini qoʻmitalarning qoʻshma majlisida koʻrib chiqish. | 2025-yil iyul | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining «Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida»gi axborotini eshitish. | 2025-yil avgust | Oʻzbekiston XDP fraksiyasi | ||
Shaharlarda jamoat transportini rivojlantirish, yoʻl harakatini toʻgʻri tashkil qilib, tirbandliklar va avtohalokatlarni kamaytirish masalalarini hududlarga chiqqan holda oʻrganish. Oʻrganishlar natijalarini qoʻmita majlisida koʻrib chiqish. | 2025-yil avgust | Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining «Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasining bajarilishi doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida»gi masala yuzasidan deputatlarning savollariga javoblarini eshitish («hukumat soati»). | 2025-yil avgust | OʻzLiDeP fraksiyasi, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziriga «Aholining keng qatlamlari, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya boʻyicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida» parlament soʻrovi yuborish. | 2025-yil avgust | OʻzLiDeP fraksiyasi, Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziriga «Koʻp qavatli uylarga tutash hududlardagi yashil maydonlarni, bolalar oʻyingohlarini va sport maydonchalarini boshqaruv kompaniyalariga biriktirish boʻyicha topshiriqlar ijrosini oʻrganish, mazkur yoʻnalishdagi qonunbuzarliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida» parlament soʻrovi yuborish. | 2025-yil avgust | OʻzLiDeP fraksiyasi, Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan Konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida»gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. | 2025-yil sentabr | OʻzLiDeP fraksiyasi, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi | ||
Mahallalarga suv olib borib, meva-sabzavot yetishtirish, zamonaviy agrotexnologiyalar orqali eksport hajmini koʻpaytirish, oʻrmon va yaylovlardan chorvachilik maqsadlarida foydalanib, goʻsht va sut mahsulotlarini koʻpaytirish, oziq-ovqat inflyatsiyasini jilovlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hududlarga chiqqan holda oʻrganish. Oʻrganishlar natijalari boʻyicha qoʻmita eshituvini oʻtkazish. | 2025-yil sentabr | Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi | ||
Oliy taʼlim va kasb-hunar muassasalari, maktab bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, shuningdek oʻquvchilarining maktabdan tashqari vaqtlarini mazmunli oʻtkazish borasida olib borilayotgan ishlar holatini Andijon viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. Oʻrganish natijalarini qoʻmita majlisida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida koʻrib chiqish. | 2025-yil oktabr | Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi | ||
1. Avtomobil yoʻllariga oʻrnatilgan kameralar va radarlarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashdagi samaradorligini oʻrganish. 2. Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, ichki ishlar vaziriga hamda transport vaziriga parlament soʻrovini yuborish boʻyicha taklif tayyorlash. | 2025-yil noyabr | Oʻzbekiston XDP fraksiyasi | ||
11. | Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan qonunosti hujjatlarining bajarilishi holati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlash. | Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan quyidagi qonunosti hujjatlarining ijro etilishi holatini monitoring qilish: | 2025-yil iyul-avgust | Qonunchilik palatasining qoʻmitalari |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4512-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyuldagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4776-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-dekabrdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4912-sonli qarori. | Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-129-sonli Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-200-sonli qarori. | Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-iyuldagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-228-sonli qarori. | Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-3975-sonli qarori. | Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida»gi PF-119-sonli Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevraldagi «2017-2018-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanini iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-2803-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida»gi PQ-2754-sonli qarori. | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi «Nukus shahrida ayollar va bolalar shifoxonasini tashkil etish» loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5208-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022 — 2024-yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida»gi PQ-310-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi «Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-453-sonli qarori. | Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-2843-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi «Nukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-3055-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-264-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Nukus texnoparki» maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-306-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentyabrdagi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5809-sonli Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi «Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-25-sonli Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi «Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-50-sonli Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda aholi farovonligini taʼminlash uchun yangi imkoniyatlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-10-sonli Farmoni. | Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-fevraldagi «Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-4598-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyuldagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Madaniyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-219-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi «Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida»gi PQ-258-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi «Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-25-sonli qarori. | Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi «Orol dengizi artemiya tsistalarini sotishdan tushgan mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisining turmush darajasini yaxshilash, hududlarning xavfsizligini taʼminlash va ularni kompleks rivojlantirishga yoʻnaltirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-23-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi «Orol madaniyat sammitini yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida»gi PQ-130-sonli qarori. | Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-169-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-oktyabrdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini, quvvati 100 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish (Kungrad Wind 1)» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-325-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-oktyabrdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini, quvvati 100 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini, quvvati 500 kV boʻlgan podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish (Kungrad Wind 2)» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-326-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-oktyabrdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini, quvvati 100 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish (Kungrad Wind 3)» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-327-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish (Kungrad Wind 4)» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-117-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-102-sonli Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi «2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-2731-sonli qarori. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi | |||
Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan quyidagi qonunosti hujjatlaridagi tegishli bandlarning ijrosini monitoring qilish: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi «2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4889-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-66-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi «Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida»gi PQ-132-sonli qarori. | 2025-yil iyul-avgust | Qonunchilik palatasining qoʻmitalari (oʻz faoliyat yoʻnalishlariga taalluqli masalalar boʻyicha) | ||
Ushbu monitoring yakunlarini qoʻmita majlislarida masʼul vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilish hamda zaruratga qarab, mazkur masalalar yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | 2025-yil sentabr-oktabr | Qonunchilik palatasining qoʻmitalari | ||
Monitoring yakunlari asosida Qonunchilik palatasi majlisida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitish («parlament eshituvi»), parlament soʻrovi yuborish yoki «hukumat soati» oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish. | zaruratga koʻra | Qonunchilik palatasining qoʻmitalari | ||
12. | Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda parlament faoliyati xususida saylovchilar va jamoatchilikni xabardor qilib borish boʻyicha ishlarni yangicha shakllarda tashkil etish. | 1. Deputatlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ijobiy oʻzgarishlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda ularning xalqimiz farovonligini yuksaltirishdagi oʻrni toʻgʻrisida chiqishlar qilish. 2. Saylovchilar bilan elektron platformalar, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam muloqot oʻrnatish, ularning fikrlarini tinglash hamda deputat faoliyati haqida maʼlumot berib borish. 3. Deputatlarning saʼy-harakatlari bilan yechim topgan masalalarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish choralarini koʻrish. 4. Deputatlarning hududlardagi oʻrganishlari hamda saylov okruglaridagi faoliyatlarini kengroq yoritish maqsadida «Deputatning bir kuni» loyihasini izchil davom ettirish. | doimiy ravishda | Qonunchilik palatasining deputatlari, Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati |