SIRDARYO VILOYATI GULISTON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tuman hududidan oʻtuvchi mahalliy ahamiyatdagi 20V011 (4K-650) “D037 avtomobil yoʻli (10-kmdan)- Uch qaxramon q” avtomobil yoʻllaridan ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalarini harakatlanishini taqiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori va tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining 2025-yil 13-maydagi 02/102-sonli xati hamda 20V011 (4K-650) “D037 avtomobil yoʻli (10-kmdan)- Uch qaxramon q” avtomobil yoʻli oʻtgan mahallalarda yashovchi bir guruh fuqarolarning murojaatlarini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining 2025-yil 13-maydagi 02/102-sonli xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi (Z.Jumanazarov)ga;
Tuman hududidagi mahalliy ahamiyatdagi 20V011 (4K-650) “D037 avtomobil yoʻli (10-kmdan)- Uch qaxramon q” avtomobil yoʻlida yuk tashuvchi avtotransport vositalari (bir oʻq chizigʻiga tushadigan 10 tonnadan ortiq) harakatlanishini taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatish ishlari olib borilsin.
3. Tuman IIB (Z.Babaxanov)ga;
Tuman hududidagi mahalliy ahamiyatdagi 20V011 (4K-650) “D037 avtomobil yoʻli (10-kmdan)- Uch qaxramon q” avtomobil yoʻllarida ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalarini harakatlanishi cheklansin hamda doimiy ravishda nazorat olib borsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5.Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari M.Urinbayev va tuman IIB boshligʻi Z.Babaxanov zimmasiga yuklansin
Tuman hokimi v. b. O. JURAYEV
Sirdaryo viloyati, Guliston sh.,
2025-yil 11-iyul,
161-9-124-Q/25-son