XALQ DEPUTATLARI BERUNIY TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 2024-yil 11-oktabr kungi VI-93-107-13-182-K/24-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 20-maydagi 01/23-128-sonli yigʻilish bayoniga muvofiq Beruniy tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J.Yeshanovning 2025-yil 10-iyun kungi 01-07/220-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Beruniy tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J. Yeshanovning 2025-yil 10-iyun kungi 01/09-11-239-sonli xati inobatga olinsin.
2. Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 2024-yil 11-oktabr kungi VI-93-107-13-182-K/24-sonli qarorining «Beruniy tumani fermer xoʻjaliklarida 2024-2025-yillarning kuzgi-qishki mavsumi uchun oʻrnatilgan cheklangan suv miqdori LIMITI» nomli ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror tuman “Xalq minbari” gazetasida nashr qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi XIDIROV IKRAM TOREBAYEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani,
2025-yil 10-iyul,
VII-13-70-13-182-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.