Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2026 09.07.2025 yildagi 165-5-71-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2026
Hujjat 10.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAVOIY VILOYATI KARMANA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karmana tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Navoiy viloyati, Karmana tumani hokimining 2026 yil 3-iyundagi 232-5-71-Q/26-sonli «Karmana tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 25-moddalariga asoslanib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Karmana tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) roʻyxatga olish orqali amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimi oʻrinbosari (E.Kenjayev), tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (S.Achilov), umumtaʼlim maktablari rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga, umumtaʼlim muassasasi bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Karmana tuman boʻlimi (S.Bahronov) mahalla fuqarolari yigʻinini maktab yoshidagi bolalarni qamrab olishda umumtaʼlim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi axborot xizmati (J.Musayev) mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror kuchga kirishi bilan Karmana tumani hokimining 2022-yil 23-dekabrdagi 346-5-71-Q/22-sonli, 2024-yil 29-apreldagi 173-5-71-Q/24-sonli hamda 2024-yil 30-maydagi 208-5-71-Q/24-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari E.Kenjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi ADIZOV V. Y
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-5-71-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.