SAMARQAND VILOYATI BULUNGʻUR TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tumandagi mavjud mahalla fuqarolar yigʻinlarini tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablariga mikrohududlar kesimida biriktirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-bob 39, 41-bandlarining ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarining nomlari oʻzgarganligi, mikrohududlar chegaralarining oʻzgarganligini hisobga olgan holda taʼlim muassasalarida “Majburiy taʼlim” talablarining bajarilishining monitoringini talab darajasida olib borish maqsadida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 2-iyundagi /7B-1524-sonli xati hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 2-iyundagi /7B-1524-sonli xati maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
2. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari mikrohududlariga biriktirilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining taqsimoti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (O.Jangirov)ga barcha taʼlim muassasalari rahbarlarini mazkurqaror bilan tanishtirish vazifasi topshirilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O.Sattarov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi S. ASTONOV
Samarqand viloyati, Bulungʻur tumani,
2025-yil 9-iyul,
162-7-93-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.