09.07.2025 yildagi VII-13-113-4-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi shahrida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov narxlari (tariflar)ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4845-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining 2025-yil 27-maydagi 03-17/1169-sonli, Qashqadaryo viloyati “Qashqadaryo eko trans” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2025-yil 19-maydagi 134-sonli va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 15-maydagi 01-20-10/05-38/1175-sonli xatlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining 2025-yil 26-iyundagi 03-05-01-DKQB/4-25-sonli qoʻshma bayoni hamda Oʻzbekiston ekologik partiyasi viloyat Kengashi deputatlik guruhi va xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 162- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining 2025-yil 27-maydagi 03-17/1169-sonli, Qashqadaryo viloyati “Qashqadaryo eko trans” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2025-yil 19-maydagi 134-sonli va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 15-maydagi 01-20-10/05-38/1175-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarshi shahri boʻyicha maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha aholiga 1 (bir) kishi uchun bir oyda 6600,0 (olti ming olti yuz) soʻm (QQSsiz) hamda yuridik shaxslardan 1 kub/metr chiqindi uchun 88264,0 (sakson sakkiz ming ikki yuz oltmish toʻrt ming) soʻm (QQSsiz) etib koʻrsatilgan narx (tarif)lar maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining takliflarini inobatga olib, mazkur narxlar (tariflar)ga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi masala joriy yilning uchinchi choragi yakuni bilan qayta koʻrib chiqilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 29-fevraldagi VI-71-32-4-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kirishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O.Ravshanov hamda Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi N.Halimov va viloyat hokimining oʻrinbosari M.Azizov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XUSHMURODOVA ISMIGUL BERDIMURODOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-113-4-0-K/25-son