08.07.2025 yildagi 264-9-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SIRDARYO VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari jamoat transporti tizimida yangi, qoʻshimcha va ragʻbatlantiruvchi tariflarni joriy qilish hamda yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomi”ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining jamoat transporti tariflarini qayta koʻrib chiqish va oshirish boʻyicha takliflari (05/53-40/180-son, 02.02.2024-yil) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarida (03/1-2592-son, 19.02.2024-yil) belgilangan vazifalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat Transport boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari jamoat transportidan foydalanishda yoʻlovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron toʻlovlarni ommalashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan loyihasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining jamoat transporti (avtobus, mikroavtobus) yoʻnalishlarida toʻlovlar shaffofligini taʼminlash, yoʻlkira toʻlovlari yigʻilishida bosqichma-bosqich inson omilini kamaytirish, elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish va avtomatlashtirilgan (elektron) toʻlov tizimini rivojlantirish maqsadida qatnovlarni amalga oshirish uchun yoʻlkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Shahar yoʻlovchi transportlari (avtobus, mikroavtobus)da naqd pulda toʻlov amalga oshirilganda bir nafar yoʻlovchi uchun bir martalik yoʻlkira haqi – 3 000 (uch ming) soʻm (QQS bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Shahar yoʻlovchi transportlari (avtobus, mikroavtobus)da naqd pulsiz toʻlov tizimi jozibadorligini oshirish, mazkur tizimdan foydalanishga yoʻlovchilarni keng jalb qilish, sohadagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida shahar jamoat transportlari (avtobus, mikroavtobus)da elektron shaklda (yagona transport kartalari (ATTO), bank kartalari va boshqa elektron toʻlov turlari) orqali toʻlovlar amalga oshirilganda bir nafar yoʻlovchi uchun bir martalik ragʻbatlantiruvchi yoʻlkira haqi – 2 000 (ikki ming) soʻm (QQS bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Shahar yoʻlovchi transporti (avtobuslar)da hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrdan 100 sm x 50 sm x 30 santimetrgacha boʻlgan va uzunligi 150 santimetrdan 200 santimetrgacha boʻlgan buyumlarni hamda oʻlchamidan qatʼiy nazar, ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlgan bagajni olib yurish uchun yoʻlkira haqi 3 000 (uch ming) soʻm (QQS bilan) etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar yoʻlovchi transporti (avtobuslar)da yoʻlovchilar tomonidan hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlmagan qoʻl yuki hamda musiqa asbobini, 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni, shuningdek qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalar, aravacha (bolalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va boshqalarning aravachalari)ni, mayda bogʻdorchilik inventarlari, bolalar chanalarini oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar yoʻnalishlaridagi avtobuslarda yoʻlovchilarning 7-yoshgacha boʻlgan bolalari uchun haq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar yoʻlovchi transporti (avtobuslar)da qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 2 000 (ikki ming)soʻm (QQS bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarning shahar yoʻlovchilar transporti (avtobus va mikroavtobuslar)dan foydalanishlarida qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalari 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron toʻlov tizimlaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yoʻnalishli yoʻlovchi transporti (avtobuslar)dan boshqasiga oʻtish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yoʻnalishlarida bir yoʻlovchi kilometr uchun tavsiyaviy tarif:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarda 280 (ikki yuz sakson) soʻm (QQS bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishli taksilarda 380 (uch yuz sakson) soʻm (QQS bilan) tavsiyaviy narx etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sirdaryo viloyati hokimining 2023-yil 4-dekabrdagi 376-9-0-Q/23-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport boshqarmasi (A.Ashurov) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, oʻn kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilarni tashuvchi tegishli tashkilot va korxonalar bilan tuzilgan oferta (brutto) shartnomalariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sirdaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishini va https://sirdaryo.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari F.Kushakov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari A.Xidirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati hokimi v. b E. TURDIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-9-0-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.