NAMANGAN VILOYATI TOʻRAQOʻRGʻON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Toʻraqoʻrgʻon tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 211-moddalariga “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga, tuman Maktabgacha va maktab boʻlimining 2025-yil 14-fevraldagi 01-157-sonli xatiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tuman Maktabgacha va maktab boʻlimining 2025-yil 14-fevraldagi 01-157-sonli xati maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
2. Toʻraqoʻrgʻon tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi (I.Parpiyev), tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
4. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasa rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston mahallalar uyishmasi tuman boʻlinmasi (M.Appoqov)ga mahalla fuqarolar yigʻini raislariga maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumtaʼlim muassasalarga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
6. Tuman hokimining 2022 yil 30 dekabrdagi 724-6-85-Q/22 -sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Tuman hokimligining “Davr” gazetasi (Z.Kenjayeva)ga mazkur qarorning mazmun moxiyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I.Parpiyev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi SH. KOSIMOV
Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 8-iyul,
334-6-85-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.