TOSHKENT VILOYATI TOSHKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Toshkent tumani hokimining 2025-yil 13-iyundagi 172-10-212-Q/25-sonli qaroriga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi hamda Toshkent tumani Adliya bolimining 2025-yil 17- iyundagi 1/06/11/25-sonli Taqdimnomasida koʻrsatilgan xatoliklarni oʻzgartirish maqsadida, qaror qilaman:
1. Toshkent tumani hokimining 2025-yil 13-iyundagi “Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 29-apreldagi “Toshkent tumani hududidagi boʻsh turgan yer maydonini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 289-10-0-Q/25-sonli qarori toʻgʻrisida”gi 172-10-212-Q/25-sonli qarorining 2-bandida “Davlat mulki sifatida davlat roʼyxatidan oʼtkazilsin” soʻzlari “Davlat mulki sifatida davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi inobatga olinsin” soʻzlariga almashtirilsin.
2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S.Mirsagatov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi S. ERGASHEV
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
2025-yil 8-iyul,
256-10-212-Q/25-son