XALQ DEPUTATLARI OHANGARON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Ohangaron tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 26-maydagi 05-19-8413-sonli yigʻilish bayonnomasi va “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasi, shuningdek “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 30-maydagi 1/12-4-3037-sonli yigʻilish bayonnomasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi 303-sonli Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 211-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi N.Azimovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining 2025-yil 28-maydagi 03/08-5746-sonli xat bilan Toshkent viloyati hokimi nomiga kiritgan xati va xatga ilova qilingan Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 26-maydagi yigʻilish bayonnomasi va “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan tumanda joylashgan 213 ta koʻchalar (62 ta koʻcha, 76 ta berk koʻcha, 74 ta tor koʻcha va 1 ta shoh koʻcha) qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan nomlar roʻyxati 1-ilovaga asosan tasdiqlansin;
- 2025-yil 26-maydagi yigʻilish va “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan tumanda joylashgan 4 ta qabristonlar qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan nomlari roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin;
3. Tuman hokimining oʻrinbosari I.Qurbonov, tuman Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi boshligʻi M. Tashbayevga 1 oy muddatda ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosida oʻzgargan koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatgich va belgilar, peshlavhalarni bosqichma-bosqich oʻrnatish, almashtirish, tumanda tizimdagi ish yurituv hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (F.Sherov), tuman bosh imom xatibi 1 oy muddatda tumandagi mavjud qabristonlarni ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosida nomlarini oʻrnatish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda “Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha tuman komissiyasiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimligi, tuman IIB, hokimning qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (S.Shoqosimov), kadastr agentligining tuman boʻlimi boshligʻi (S.Karimov), davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi (A.Baratov), tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (A.Moʻminov), tuman statistika boʻlimi boshligʻi, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (S.Qoʻchqarov), tuman davlat xizmatlari markazi rahbari (Gʻ.Axmedov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda oʻzgargan koʻcha va qabriston nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni koʻchalar oʻzgarishi munosabati bilan mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin.
5. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi (A.Baratov)ga quyidagiqaror bandlarida koʻrsatilgan asoslar inobatga olinishini nazoratga olsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabr “Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1010-sonli qarorining 13-bandida - manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish ushbu Nizomning 9 — 12-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻlganda va (yoki) ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan hollarda, shuningdek, qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlganda amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun toʻlov undirilmaydi:
· koʻchmas mulk joylashgan maʼmuriy - hududiy birlik oʻzgarganda;
- koʻchmas mulk obyektning bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
- koʻchaning nomi oʻzgarishi bilan ushbu koʻchada joylashgan barcha koʻchmas mulklarning manziliga oʻzgartirish kiritilganda;
- nomsiz koʻchalarga nom berilishi bilan ushbu koʻchada joylashgan barcha koʻchmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga oʻzgartirish kiritilganda;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga oʻtkazilganda (turar yoki noturar koʻchmas mulk obyektida rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno).
6. Mazkur qaror “Ohangaron hayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo`yicha doimiy komissiyasi hamda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi RAXMANOVA NAZIRA AKILXANOVNA
Toshkent viloyati, Ohangaron tumani,
2025-yil 3-iyul,
VII-11-56-10-134-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.