01.07.2025 yildagi VII-7-68-1-16-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ANDIJON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil uchun belgilangan tuman mahalliy byudjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 28-, 146-moddalari va viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining tuman mahalliy byudjetiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bildirishnomalari hamda tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 15-maydagi “2024-2025-yil uchun belgilangan tuman mahalliy byudjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi -32-61-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 15-maydagi “2024-2025-yil uchun belgilangan tuman mahalliy byudjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi 32-61-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 28-martdagi 311, 327-sonli bildirishnomaga asosan tuman mahalliy byudjeti daromadlariga kiritilgan oʻzgartirishlar hisobi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman mahalliy byudjetining xarajatlar qismiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 4-martdagi 106-sonli bildirishnomalarga asosan taʼlim sohalariga kiritilgan oʻzgartirishlar 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025 yil 04-yanvardagi 3-sonli, 16-yanvardagi 19-sonli, 21-yanvardagi 33-sonli, 30-yanvardagi 36-sonli, 17-fevraldagi 63-sonli, 28-fevraldagi 94-sonli, 4-martdagi 112-sonli, 06-martdagi 126-sonli, 11-martdagi 131-sonli, 17-martdagi 150-sonli, 19-martdagi 177-sonli, 20-martdagi 188-sonli sonli, bildirishnomalariga asosan tuman mahalliy byudjetiga kiritilgan oʻzgartirishlar 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumani mahalliy byudjetidan mablagʻ bilan taʼminlanuvchi byudjet tashkilotlarining 2025-yil xarajatlariga oydan oyga kiritilgan oʻzgarishlar hisobi 4-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumani mahalliy byudjetidan mablagʻ bilan taʼminlanuvchi byudjet tashkilotlarining 2025-yil xarajatlarini maqbullashtirilgan va kiritilgan oʻzgarishlar 5-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarida 2025-yil uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni qoplanishi toʻgʻrisida 6-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarida 2024-yil uchun xarajatlariga kiritilgan oʻzgarishlar hisobi va ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni qoplanishi toʻgʻrisida 7-8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1011-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori va 2025-yil 27-fevral kungi Vazirlar Mahkamasida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishining 6-sonli bayoniga asosan 2025-yilda "tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash" tamoyili asosida byudjet mablagʻlarini tejash va samaradorligini oshirish maqsadida Andijon tuman mahalliy byudjetining 2025-yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash orqali rejalashtirishga ruxsat berilsin, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-2025-yil uchun tasdiqlangan shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tahlil qilish asosida qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan xarajatlarni maqbullashtirish (ortiqcha shtat va xarajatlar), tahliliy oʻrganishlarni oʻtkazish asosida samarasiz, pas samarali va bir-birini takrorlovchi shtat va xarajatlarni maqbullashtirish. Birinchi darajali xarajatlarga kam rejalashtirilgan mablagʻlar manbasini aniqlagan xolda toʻldirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarining normativdan ortiq zaxiralarining summalarini kamaytirilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- boʻshab qolgan va maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan qayta taqsimlashga, byudjet mablagʻlari doirasida iqtisod qilingan, boʻshab qolgan va maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash, shuningdek, oziq-ovqat, kommunal toʻlovlar, dori-darmon, qarzdorliklar va boshqa xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash maqsadida byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallariga tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi tomonidan oʻzgartirishlar kiritishni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 6-sonli (№03-03/1-4456) yigʻilish bayonida mahalliy byudjetdagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hamda past samarali xarajatlarni maqbullashtirish hamda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan byudjet tashkilotlarining ish haqi va ijtimoiy soliq toʻlovlarining yetishmagan qismiga hamda byudjet tashkilotlari xodimlarining homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlovlariga, shuningdek, qolgan qismini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda hal etilishi dolzarb boʻlgan tadbirlarga yoʻnaltirilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy byudjeti xarajatlarining 2025-yil yanvar-may oylari ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 120-moddasi 4-qismiga binoan 1 342813,5 ming soʻm mablagʻlar maqbullashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy byudjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan mablagʻlari hisobidan ilovaga muvofiq byudjet tashkilotlarining ish haqi va ijtimoiy soliq toʻlovlarining yetishmagan qismini qoplash uchun jami 1 342813,0 ming soʻm (bir milliard uch yuz qirq ikki million sakkiz yuz oʻn uch) ming soʻm miqdorida 9-ilovaga muvofiq mablagʻlar ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A.Mamajonov) mahalliy byudjetga kiritilgan oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi hamda tegishli byudjet muassasalariga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I.Mukimjonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi YULDASHEV BOBIRBEK BAXODIROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Andijon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-7-68-1-16-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.