30.06.2025 yildagi VII-13-97-9-127-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SARDOBA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Sardoba tumanidagi koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputati Q.Oʻtayevning tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori va Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 , 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 18-apreldagi 05-19-6073-sonli, 2025-yil 18-apreldagi 2/2-234-sonli yigʻilish bayonlari hamda Sardoba tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisining 2025-yil 27-maydagi 1-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sirdaryo viloyati hokimliogi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2025-yil 4-apreldagi 17/24-sonli murojaatnomasi va unda qayd etilgan Sirdaryo viloyati hamda Sardoba tumani komissiyalarining jami 2 ta geografik obyekt (koʻcha, berk koʻcha)ni qayta nomlash boʻyicha takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 18-apreldagi 05-19-6073-sonli, 2025-yil 18-apreldagi 2/2-234-sonli yigʻilish bayonlari bilan taklif etilgan koʻchalar nomlari ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (J.Saibov), tuman Adliya boʻlimi (I.Yunusov), tuman Statistika boʻlimi (M.Abdurazzoqov), tuman Soliq inspeksiyasi (O.Karimov), Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (E.Xusanboyev), Davlat kadastrlar palatasi Sardoba tumani filiali (A.Dexqonboyev), tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (Gʻ.Salomov) va tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-mazkur qaror ilovasi asosida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar eʼtiborga olinsin va mazkur qarordan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosari B.Djumabayev, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʼlimi (E.Xusanboyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- 10 kun muddatda hududlardagi nomlari oʻzgargan koʻchalarga zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida homiy tashkilotlar yordamida) peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-peshlavhalar oʻrnatish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berish va nazoratga olish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiya (B.Djumabayev), Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʼlimi (E.Xusanboyev) va fuqarolar yigʻinlari raislari bilan hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-bir hafta muddatda hududlarda yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Ichki ishlar boʼlimi (J.Saibov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-tuman hududlaridagi nomlari oʻzgargan koʻchalarda yashovchi fuqarolarga yangi pasport berish va ularni roʻyxatga qoʻyishda yangi nomlar bilan yozilishini nazoratga olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi A.Mamatqulovga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-hududlarda yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Sharafli yoʻl” gazetasi tahririyati (S.Nomozov)ga ushbu qarorni “Sharafli yoʻl” gazetasida yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimi oʻrinbosari B.Djumabayevga mazkur qaror bilan bogʻliq hujjatlar geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha viloyat komissiyasiga taqdim etish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat, sport va axborot siyosati masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi G.Absatova va tuman hokimining oʻrinbosari B.Djumabayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi KARIMOV ZIYADULLA DANABAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-97-9-127-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.