SAMARQAND VILOYATI SAMARQAND SHAHAR HOKIMINING
QARORI
Samarqand shahardagi mavjud mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarini umumiy oʻrta taʼlim maktablariga mikrohududlar kesimida biriktirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-bob, 41-bandi ijrosini taʼminlash, shuningdek, shahardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining mikrohududlar chegaralarini kengayganligi, shahardagi ayrim mahalla va koʻchalarning nomlari oʻzgarganligini inobatga olib, taʼlim muassasalari Majburiy taʼlim talablarini bajarilishi monitoringini talab darajasida olib borish uchun shahardagi mavjud mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini, koʻchalarini umumiy oʻrta taʼlim maktablari mikrohududlariga qayta biriktirish maqsadida hamda shahar maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimining 2025-yil 19-maydagi 01-05-1645-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Samarqand shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 19-maydagi 01-05-1645-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shahardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari mikrohududlariga biriktirilgan mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarini qayta taqsimlash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror bilan shahardagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini tanishtirish shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Z.Nuriddinovga yuklatilsin.
4. Samarqand shahar Adliya boʻlimining 2025-yil 28-maydagi 1/30/15 sonli taqdimnomasiga asosan shahar hokimining 2025-yil 27-maydagi Samarqand shahardagi mavjud mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarini umumiy oʻrta taʼlim maktablariga mikrohududlar kesimida biriktirish toʻgʻrisidagi 170-7-107-Q/25-sonli qarori bekor qilinsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimi oʻrinbosari F.Nishanov zimmasiga yuklatilsin.
Shahar hokimi F. UMAROV
Samarqand viloyati, Samarqand sh.,
2025-yil 30-iyun,
207-7-107-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.