XALQ DEPUTATLARI GULISTON SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Guliston shahrida toponomik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida
Kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan atroflicha mihokama qilinib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 2-iyundagi 05-8871-sonli yigʻilish bayoni qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Guliston shahar Ahillik mahallasi hududidagi “Buyuk ipak yoʻli” koʻchasini qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 2-iyundagi 05-8871-sonli yigʻilish bayoni qarori bilan taklif etilgan Matonat tor koʻcha nomi tasdiqlansin.
3. Guliston shahar hokimi oʻrinbosari (X.Ergashev), shaxar IIB boshligʻi (B.Sanayev), shahar Adliya boʻlimi (S.Togayev), shahar Statistika boʻlimi (Sh.Shodmonqulov), shahar Davlat soliq inspeksiyasi (Sh.Raqibov), Davlat xizmatlari markazi (B.Abdukadirov), Mahallalar uyushmasi shahar boʻlimi (lavozim boʻyicha), Davlat kadastrlar palatasi shahar filiali (K.Ismoilov), shahar Obodonlashtirish boshqarmasi (R.Berkinov) va tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Matonat tor koʻchasi eʻtiborga olinsin va ushbu qarordan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Shahar hokimi oʻrinbosari (X.Ergashev) va Mahallalar uyushmasi shahar boʻlimiga:
15 kun muddatda Ahillik mahallasi hududida nomi oʻzgargan Matonat tor koʻchasiga zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavha va uy raqamlarini yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etish;
peshlavha oʻrnatish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berish hamda nazoratga olish vazifalari yuklansin;
bir hafta muddatda yangi nomlangan Matonat tor koʻchasining nomini aholi oʻrtasida keng targʻib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
5. Shahar ichki ishlar boshqarmasi (B.Sanayev)ga:
Ahillik mahallasi hududidagi yangi nomlangan Matonat tor koʻchasida yashovchi fuqarolarga yangi fuqarolik pasportlarini berish va ularni roʻyhatga qoʻyishda yangi nomlar bilan yozilishini nazoratga olish vazifasi yuklansin.
6. Shahar hokimligi bosh yuristkonsulti (N.Musurmonqulov) mazkur qarorni elektron jamoatchilik muhokamasiga joylashtirsin.
7. Shahar hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (Sh.Yunusov):
Hududlardagi yangi nomlangan koʻchalarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga va hokimlikning veb-saytiga maʼlumotlarni joylashtirsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining barcha doimiy komissiyalari zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi XODJIMANOV JAMOLIDDIN XUSNUDDINOVICH
Sirdaryo viloyati, Guliston sh.,
2025-yil 30-iyun,
VII-13-76-9-130-K/25-son