XALQ DEPUTATLARI MIRZAOBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Mirzaobod tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarining yakuniy natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida ishbilormanlik muhitini, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 6-martdagi PQ-93-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2025-yil 17-apreldagi 20/1-781-son bilan tasdiqlangan “Nazorat-reja”sining ijrosini taminlash maqsatida maqsatida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida ishbilormanlik muhitini, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 6-martdagi PQ-93-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2025-yil 17-apreldagi 20/1-781-son bilan tasdiqlangan “Nazorat-reja”sining ijrosini taminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga asosan Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqib maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mirzaobod tumanining maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 10-iyundagi 01-TYB/247-sonli yigʻilish bayoni maʼqullansin.
3. Mirzaobod tumani bilan chegaradosh boʻlgan Guliston shahri, Sayxunobod, Boyovut va Mirzaobod tumanlari oʻrtasidagi maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻini belgilash boʻyicha chegara chizigʻining tavsifi 1-ilovaga hamda tayyorlangan kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari hamda tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning tasdigʻi Xalq deputatlari viloyat Kengashidan soʻralsin.
Kengash raisi UMAROV ABDURAXIM ABDULXAMIDOVICH
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani,
2025-yil 28-iyun,
VII-13-92-9-125-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.