XALQ DEPUTATLARI VOBKENT TUMANI KENGASHINING
QARORI
Vobkent tumani mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarga mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy hokimiyat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining tegishli moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli hamda 2023-yil 11-martdagi PQ-92-sonli qarorlari,Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori hamda tuman hokimining 2019-yil 31-dekabrdagi 9782-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi KQ-5-V-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomning 11-bandiga asosan tuman mahalliy byudjetining mablagʻlarini yoʻnaltirish boʻyicha tuman hokimligining takliflari jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga belgilangan muddatda “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirish belgilangan.
Shuningdek, tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisida tuman hokimligining taklifi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun yuqoridagi mazkur qarorlarga asosan “E-qaror” elektron tizimiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali joylashtirilganligi hamda ushbu jamoatchilik fikrini inobatga olib, shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha bildirilgan takliflarga asosan Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuni hamda Byudjet kodeksining tegishli moddalariga asosan tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan jami 131,6 mln.soʻm boʻlgan mablagʻlarni yoʻnaltirish talab etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-sonli hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1011-sonli “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Byudjet kodeksining 12-, 27- va 126-moddalariga asosan tuman hokimligi tomonidan taqdim etilgan tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻlarning yoʻnaltirish boʻyicha tayyorlangan takliflarni atroflicha muhokama qilib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Vobkent tumani mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarga mablagʻlarni ajratish boʻyicha taklifi belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasiga “E-qaror” elektron tizimiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali belgilangan muddatda joylashtirilganligi inobatga olinsin.
2. Quyidagilar:
- tuman hokimligining, tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarga mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq;
- tuman hokimining hisobotiga asosan, byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarni saqlash xarajatlari hamda byudjetda koʻzda tutilmagan boshqa kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarga ajratilgan tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻlar 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman hokimligining, tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak qoʻshimcha manbalar hisobidanmablagʻlarni ajratish boʻyicha taklifi belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasiga “E-qaror” elektron tizimiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (ID-107742-son 31.05.2025 — 15.06.2025) joylashtirib, tumanda kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarga zarurat boʻlganligi sababli xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga hisobot berish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-sonli qarori qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2025-yil 18-iyundagi DKQ 03-01/74-25-sonli qaroriga asosan “Keksalar maslahati” guruhlari raislarini ragʻbatlantirish uchun jami 30,0 mln.soʻm miqdordagi mablagʻ koʻchirib berilganligi inobatga olinsin.
4. Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi M.Malikov:
- mazkur qarorning 1-2-ilovasiga muvofiq koʻzda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun qonunchilik talablari asosida belgilangan muddatda tegishli mablagʻlarni ajratish choralarini koʻrish;
- ajratilgan maqsadli mablagʻlarni oʻz vaqtida va samarali ishlatilishi yuzasidan moliyaviy hisobotlar asosida tizimli oʻrganish hamda oʻrganish natijalariga koʻra, ishlatilmagan va iqtisod qilingan mablagʻlarni tuman mahalliy byudjetiga qaytarish choralarini koʻrsin.
5. Tuman gʻaznachilik boʻlinmasi (F.Toʻrayev) ushbu ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha shartnomalarni oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish va xarajatlarni belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Tuman hokimligi mahalliy byudjetlarining har chorak oxiri bilan daromadlar rejasining orttirilgan qismi mablagʻlarini birinchi navbatda, hukumat qarorlari va dasturlarida belgilab berilgan taqsimotlarga asosan shakllantirib, qonunchilikda belgilangan tartibda birinchi navbatda amalga oshiriladigan tadbirlarga yoʻnaltirilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
7. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi M.Malikovga, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi OSTONOV AKMAL ANVAROVICH
Buxoro viloyati, Vobkent tumani,
2025-yil 28-iyun,
VII-14-75-2-33-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.