XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
QARORI
“Namangan suv ta'minoti” aksiyadorlik jamiyatining ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlari (tariflari) toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyul kunidagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-son Qonunning 12-bob 46-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda “Namangan suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 3-iyundagi 01/1280 son, Namangan viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-iyun 02/14-32/397-son xatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 162 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. “Namangan suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 3-iyundagi 01/1280-son, Namangan viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-iyun 02/14-32/397-son xatlari hamda “Namangan suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyati direktori M.Xodjiyevning ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar (tariflar) yuzasidan taqdimoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Namangan suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatining ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar (tariflar)i 1-ilovaga hamda viloyatning ichimlik suvi yetib bormagan hududlariga jamiyat tomonidan maxsus avtotransport vositalarida yetkazib beriladigan ichimlik suv narxlar (tariflar)i 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 7-martdagi “Namangan suv taʼminoti” aksionerlik jamiyatining ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-42-26-6-0-K/24-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi I.Ikramov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ.Djamalov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 27-iyun,
VII-12-97-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.