26.06.2025 yildagi VII-16-107-9-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SIRDARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvining xizmat tariflari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 23-oktabrda hududlarda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yaxshilash boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ichimlik suvi tannarxini arzonlashtirish, buning uchun suv korxonalari ishlatadigan elektrning bir qismini “yashil” energiyaga oʻtkazish, suv boʻyicha loyihalar qiymatini qayta koʻrib chiqish, ularda ishlatiladigan materiallarni mahalliylashtirish vazifalari qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-sonli farmoni, 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-sonli qonunning 12-bob 46-moddasi, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 , 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sirdaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvining xizmat tariflari toʻgʻrisida viloyat “Suvtaʼminot” AJ rahbari Sh.Akramovning hisoboti maʼlumot va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat “Suvtaʼminot” Ajning 2025-yil 12-maydagi 01/04-2041-sonli, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 2-maydagi 04/17/38-324-sonli va 2025-yil 8-maydagi 04/17/38-345-sonli xulosalari va takliflariga asoslanib aholiga ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun 1-ilovaga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning ichimlik suvi yetib bormagan hududlariga maxsus avtotransport vositalarida yetkazib beriladigan ichimlik suv (narxlari) tariflari 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hokimining oʻrinbosarlari F.Kushakov, A.Xidirov, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (N.Usmonov) va viloyat “Suvtaʼminot” AJ rahbari Sh.Akramovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda korxona, muassasa, tashkilotlarda suv taʼminoti va oqova suv tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari boʻyicha tasdiqlangan suv tarifining narxlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat “Suvtaʼminot” AJning moliyaviy zarar bilan ishlash sabablarini puxta tahlil qilish hamda ularni sogʻlomlashtirish, ichimlik suvi tariflarini oʻz vaqtida toʻlanishini nazoratga olish, belgilangan rentabellik darajasiga yaqinlashtirish borasida aniq takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvi taʼminoti korxonalarining ahvolini tubdan yaxshilash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ichimlik suvi ishlab chiqarish va taqsimlash inshootlarini xatlov (inventarizatsiya)dan oʻtkazib, ularning toʻliq roʻyxati va texnik holati boʻyicha maʼlumotlarni oʻrnatilgan tartibda viloyat hokimligiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, “Yangi Sirdaryo” gazetasi tahririyatiga qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash viloyat hokimining oʻrinbosarlari F.Kushakov, A.Xidirov, viloyat “Suvtaʼminot” AJ rahbari Sh.Akramovga, nazorat qilish Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi A.Bababekov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi AXMEDJANOVA POKIZA SHAVKATOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-107-9-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.