XALQ DEPUTATLARI POP TUMANI KENGASHINING
QARORI
Pop tumani boʻyicha 2025-yil 1-apreldan 2025-yil 30-sentyabrga qadar vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, alohida yirik suv xoʻjaligi obektlarining suv olish va suv yetkazib berish rejalari, suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari maʼmuriy hududlar boʻyicha umumlashtirib chiqildi.
Shimoliy Fargʻona magistral kanali, Sirdaryo,Oxunboboev kanali, R-2 kanali yer osti suvlari (buloqsuv) Jiydaliysoy suv ombori, Chodak va Olmos soylardan olinadigan suv olish limiti, avval tasdiqlangan shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar asosida hamda 2024-yil vegetatsiya (aprel-sentyabr) davriga Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan, alohida muhim suv xoʻjaligi obektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va maʼmuriy hududlar boʻyicha suv olish limitlari ishlab chiqildi.
Kutilayotgan suv resurslarini oʻz vaqtida isteʼmolchilarga yetkazish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil qilish hamda joriy yilning sugʻorish mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish boʻyicha tuman markaziy apparati, tizimdagi maxalliy va hududiy tashkilotlar rahbar-xodimlarining shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʼilishini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil yanvardagi PQ-5-sonli qarori Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan «suv - tekin» tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etish boʻyicha xududlarda qishloq xoʻjaligi yerlardan foydalanuvchilar oʻrtasida keng targʻibot va tashviqot xamda seminar, treninglar muntazam tarzda amalga oshirib borilsin.
3. Tuman boʻyicha 2024-yilning sugʻorish davri uchun ajratilgan suv olish limiti 1, 2, 3, 4, 5--ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori S.Dadaboyev xamda tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi Sh.Azbekovlarga;
Oʻzbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (keyingi oʻrinlarda - suv soligʻi) stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi boʻyicha tegishli amaliy choralar koʻrib borsinlar.
Suv istemolchilari bilan tuzilgan shartnomaga asosan suv olish limitlariga oʻzgartirishlar kiritish (manbalarning suvliligi kamaygan hollar bundan mustasno).
Manbalarda suv hajmi kamaygan yoki koʻpaygan holatlarda suv olish limitlariga, yuqori turuvchi tashkilotning ruxsati bilan, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish rejasining parametrlari oʻzgartirilmasdan, tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini;
“suv istemolchisi” tomonidan suv olish hamda olingan suvning hisobini yuritishdan asossiz bosh tortish, davlat suv xoʻjaligi inshootidan foydalanish tartiblari buzilgan taqdirda davlat organlariga tegishli chora koʻrish boʻyicha ijro xatlarini kiritib borish tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boʻlimiga yuklatilsin;
Suv resurslari olish yuzasidan buyurtmanomalar ”suv istemolchisi“ tomonidan Davlat muassasasiga, suv olish boshlanishidan 10 (oʻn) kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek olinadigan suv miqdori, undan foydalanish yoki uni isteʼmol qilishning, maxalliy xokimiyat, suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi, MMTP, MFY raislari suv olish tartibi boʻyicha dexqon xoʻjalik raxbarlari va yerdan foydalanuvchi fuqarolarga yil davomida tushintirish ishlarini olib borish taʼminlasin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq deputatlari Pop tuman Kengashining 2025-yil 9-apreldagi VII-7-45-6-84-K/25-sonli qarori bekor qilinsin.
6. Mazkur qarorni ijrosini taʼminlash tuman xokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (I.Axmadaliyev), xalq deputatlari tuman Kengashiniing Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiya raisi (S.Moʻysinaliyeva)lar zimmasiga yuklansin.
Sessiyaga raisi ABRAROV NEZAMIDIN BATIROVICH
Namangan viloyati, Pop tumani,
2025-yil 26-iyun,
VII-10-70-6-84-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.