XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Geografik obyektlarga nom berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarni nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil 41-son 448-modda, 2017-yil 35-son 914-modda) 10-moddasi hamda 2025- yil 31-yanvardagi Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun talablariga muvofiqligi haqida ekspert komissiyasi xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Quva tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyaning 2025-yil 20-may kuni tasdiqlagan “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat-tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi M.Botirovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2025-yil 20-maydagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida” ekspert komissiya hulosasida Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 05-19-8007-son Qonun hujjatlari talablariga muvofiq,-deb koʻrsatilgan 2 ta geografik obyektning nomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat-tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi M.Botirova hamda Kadastr agentligi Quva tuman boʻlimi boshligʻi X.Qurbonovlar birgalikda:
tumandagi Geografik obyektlar nomlarini joy aholisining tarixi, qadriyatlari, milliy urf-odatlarini saqlagan holda nomlanganligini oʻrganish;
tumanda geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlarni samarali tashkil etish vazifalari yuklansin.
4. Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari tegishliligi boʻyicha nomsiz obyektlarga nom berilishi munosabati bilan aholi oʻrtasida tegishli tushunturish ishlarini olib borsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati hamda “Quva hayoti” gazetasi (Z.Aliyeva)ga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiya raisi M.Axmadaliyeva zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qaror tasdiqlangan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi UMAROV XALIMJON KOMILOVICH
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
2025-yil 26-iyun,
VII-11-80-11-156-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.