FARGʻONA VILOYATI OʻZBEKISTON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Oʻzbekiston tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hokimining 2025-yil 31-iyuldagi 266-11-161-Q/25-sonli «Oʻzbekiston tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6, 25-moddalari, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan, tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 9-iyun kunidagi 01-01/168-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari M.Axmedov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi (Sh.Shokirov), tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
4. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblansin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2024-yil 20-fevraldagi 82-11-161-Q/24-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
6. Oʻzbekiston tuman hokimligi axborot xizmati (D.Djabborov) va “Yaypan ovozi” gazetasi tahririyati (I.Maxkamov) mazkur qarorni rasmiy eʻlon qilinishi va hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlansin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M.Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi BEGMATOV R. B
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani,
2025-yil 26-iyun,
218-11-161-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.