FARGʻONA VILOYATI BESHARIQ TUMANI HOKIMINING
QARORI
Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida Beshariq tumanida har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida
Fargʻona viloyati Beshariq tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 22-apreldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida, tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 01/277-sonli murojaatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandi va Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi Qonunining 6-, 25-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:
1. Beshariq tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 22-apreldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 01/277-sonli murojaati maʼqullansin.
2. Beshariq tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Beshariq tongi” gazetasi tahririyati (S.Temirov) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari O.Alimatov hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi V.Abdurahmonovlar zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi R. K. JOʻRAYEV
Fargʻona viloyati, Beshariq tumani,
2025-yil 25-iyun,
142-11-153-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.