TOSHKENT VILOYATI TOSHKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 26-apreldagi 286-10-0-Q/25-sonli qarorining ijrosi to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi “2025-yilda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish to`g`risida”gi 205-sonli qarori ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 26-apreldagi 286-10-0-Q/25-sonli qarorining ijrosini taminlashda “Mahalliy hokimiyat to`g`risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, qaror qilaman:
1. Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 26-apreldagi 286-10-0-Q/25-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2025-yilda Toshkent tumani hududida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o`rnatish bo`yicha maqsadli ko`rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
tuman bo`yicha elektr energiyasining 2025-yil prognoziga nisbatan iqtisod qilishning maqsadli ko`rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman bo`yicha 2025-yil prognoziga nisbatan tabiiy gazni iqtisod qilishning maqsadli ko`rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
yoqilg`i-energetika resurslarini iqtisod qilish bo`yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Tuman Elektr ta`minoti korxonasi” (E.Usmonxo`jayev) va “Toshkenttumangaz” gaz ta`minoti bo`limi (I.Mirxamid) elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi orqali oyiga 500 kVt elektr energiyasi va 1000 kub metr dan ortiq tabiiy gaz iste`mol qilgan abonentlarni tahlil qilib borsin, shunindek, elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste`molining bazaviy me`yorlaridan ortiqcha sarflangan iste`molchilarga muqobil energiya manbalari va tejamkor uskunalarni o`rnatish afzalliklarini ma`lum qilish bo`yicha har oyda qo`shimcha SMS-xabarnoma yuborilishini ta`minlasin.
4. Qaror bilan quyidagilar belgilanganligi:
hududlarda yoqilg`i-energetika resurslari yo`qotishlarini kamaytirish bo`yicha ishchi guruhlar, tuman (shahar) ishchi guruhlari hamda bu boradagi ishlarni “mahallabay” tashkil etish bo`yicha ishchi guruhlar tashkil etilishi;
Energetika vazirligi, O`zenergoinspeksiya, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Uztransgaz” AJ, “Hududgazta`minot” AJ har oyda yoqilg`i-energetika resurslari yo`qotishlari tahlil asosida, ular eng ko`p bo`lgan mahallalarda, hududlarda yoqilg`i-energetika resurslari yo`qotishlarini kamaytirish ishlarini “mahallabay” tashkil etish bo`yicha ishchi guruhlari faoliyatini yo`lga qo`yib borilishi;
hududlarda yoqilg`i-energetika resurslari yo`qotishlarini kamaytirish bo`yicha ishchi guruhlar rahbarlarining ro`yxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
hududlarda yoqilg`i-energetika resurslari yo`qotishlarini kamaytirish bo`yicha tuman (shahar) ishchi guruhlarining namunaviy tarkibi va ularning vazifalari 10-ilovaga muvofiq;
hududlarda yoqilg`i-energetika resurslari yo`qotishlarini kamaytirish bo`yicha ishchi guruhlar ishlarini mahallabay tashkil etish bo`yicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi va ularning vazifalari 11-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi 133-sonli qaroriga muvofiq tuzilgan har bir tuman (shahar) kesimida energiya balansini ishlab chiqish, ularning ko`rsatkichlarini bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta`minlash, energiya samaradorligini oshirish bo`yicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlarining a`zolari asosiy ish joyidan ajralgan hamda lavozim maoshi saqlab qolingan holda ustuvor vazifalarini 2025-yil davomida amalga oshirilishi belgilanganligi;
2025-yil 1-iyuldan boshlab:
ko`p xonadonli uylar, jamoat binolarini taom tayyorlash, issiq suv, isitish va sovutish tizimi elektrlashtirilgan yoki muqobil manbalar orqali ta`minlangan hamda binolarning energiya samaradorlik toifasi “A” toifa bo`lgan holda loyihalashtirish joriy etiladi;
yangi quriladigan barcha (shu jumladan, davlat va xususiy) jamoat bino-inshootlari (ta`lim muassasalari, sog`liqni saqlash, madaniyat va turizm, umumiy ovqatlanish, xizmat ko`rsatish obyektlari, sport komplekslari va boshqalar), ko`p kvartirali uy-joylar, shu jumladan, “Yangi O`zbekiston” massivlari (markazlashgan issiqlik ta`minotiga ulanishi mo`ljallangan uy-joylardan tashqari), shuningdek, umumiy maydoni ming kvadrat metrdan katta bo`lgan barcha savdo-ko`ngilochar markazlarning bino-inshootlarini loyihalashtirish va ishga tushirishda sovitish va issiqlik ta`minoti tizimlarini elektr energiyasi va muqobil energiya manbalarida ishlaydigan energiyani tejaydigan va energiya jihatidan samarador texnologiyalar joriy etiladi;
uch yil muddatda hududlarda AGTSHKni loyihalashtirish va qurish, boshqa turdagi yoqilg`i quyish shohobchalari faoliyatini siqilgan gaz to`ldirishga o`zgartirish hamda yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`zda tutmaydigan, texnologik jarayonlarida tabiiy gazga muqobil yoqilg`i turidan foydalanish imkoni mavjud bo`lgan yuridik shaxslarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berishga moratoriy e`lon qilinadi;
tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo`lgan hududlar muqobil bo`lgan energiya manbalarga o`tkazilishi;
byudjet tashkilotlariga o`rnatiladigan quyosh panellarining moliyalashtirish manbai etib quyidagilar belgilanganligi;
xalqaro moliya instututlari va donor tashkilotlarning grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablag`lari;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag`lari;
mahalliy byudjet mablag`lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
davlat-xususiy sheriklik bitimlari doirasidagi mablag`lar, qonunchilik hujjatlari bilan ta`qiqlanmagan boshqa manbalar;
2025-yil 1-maydan yangi qurilayotgan ko`p kvartirali uylar va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz tarmog`iga ulanishi uchun texnik shart berilishi to`xtatilishi inobatga olinsin.
5. Tuman hokimi matbuot kotibi (D.Ismailova), Toshkent tumani Adliya bo`limi (Sh.Tadjibayev), “Mahalla yettiligi” va ta`minot korxonalari bilan birgalikda energetika tizimidagi o`zgarishlar hamda energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, internet tarmog`i va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish bo`yicha media-reja ishlab chiqsin.
Bunda quyidagilarga alohida e`tibor qaratilsin:
аholi va keng jamoatchilik orasida elektr energiyasi va tabiiy gaz arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berilayotganligi bo`yicha tushuntirish ishlari olib borish;
aholi va ujgurji iste`molchilar orasida muqobil energiya manbalari va tejamkor uskunalarni o`rnatish orqali energiya resurslarining tejalishi haqida targ`ibot tadbirlarini amalga oshirish;
buklet va flayerlarni tarqatish hamda ijtimoiy roliklarni namoyish etib borish orqali aholi xabardorligini oshirib borish;
aholi gavjum joylarda, yirik savdo majmualarida hamda reklama tablolarida energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan targ`ibot ishlarini olib borish;
ommaviy axborot vositalari orqali energiya resurslarining tariflarida ko`zda tutilgan o`zgarishlar hamda narxlarini xorijiy mamlakatlardagi narxlar bilan taqqoslash orqali tayyorlangan infografika va tahliliy ma`lumotlarni keng ommaga yetkazib borsin.
6. Tuman hokimining barcha o`rinbosarlari o`z majmualari tarkibiga kiruvchi bo`lim va tashkilotlarga sohalar bo`yicha belgilangan reja-ko`rsatkichlar ijrosi yuzasidan doimiy nazorat o`rnatib, har oy hisobotlarini tanqidiy muhokama qilib borsin.
Bunda dastur ijrosining o`z vaqtida va to`liq bajarilishiga shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo`yilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o`rinbosari S.Mirsagatov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi S. ERGASHEV
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
2025-yil 20-iyun,
195-10-212-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.