XALQ DEPUTATLARI DANGʻARA TUMANI KENGASHINING
QARORI
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq, Dangʻara tumani hududidagi qabriston va ziyortgohlar nomini davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qaroriga, Dangʻara tumani hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan xatlov natijalariga asosan, nomsiz qabristonlar boʻyicha taklif tayyorlanib, Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika toponimika xizmatiga 2025-yil 21-aprel kuni 7/3483-sonli aloqa xati bilan “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” ekspert xulosasini olish uchun yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan olib borilgan oʻrganish natijasiga koʻra, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib, 2025-yil 19-may kungi 03/08-5346-sonli aloqa xati, 2025-yil 15-may kungi 05-19-7685-sonli xulosasiga asosan, 9 ta geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha bergan takliflarning barchasiga qonun hujjatlari talablariga “muvofiq” deb topilib, belgilangan tartibda ijobiy xulosalar olindi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Dangʻara tumani Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi Davlat tilini rivojlantirish boʻyicha Dangʻara tuman hokimining maslahatchisi S.Irismatovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Dangʻara tuman komissiyasi tomonidan geografik obyektlarni qayta nomlash boʻyicha taqdim etilgan hamda qonun talablariga muvofiq deb topilgan geografik obyekt (qabriston va ziyoratgoh ) nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestri bazasiga kiritilsin.
3. Dangʻara tumani hokimligi Axborot xizmati (U.Usmonov), “Dangʻara” gazetasi bosh muharriri (Oʻ.Akbarova) ushbu qarorni keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
4. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror bajarilishiga tuman hokimining oʻrinbosari T.Salimov, Kadastrlar palatasi filiali rahbari J.Meliyev shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
6. Ushbu qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi I.Ergashev hamda davlat tilini rivojlantirish boʻyicha Dangʻara tumani hokimining maslahatchisi S.Irismatovalar zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi TOJIXAKIMOV SHUXRATJON NURMUXAMMADOVICH
Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani,
2025-yil 20-iyun,
VII-10-64-11-155-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.