OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI HOKIMINING
QARORI
Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 23-yanvardagi “Viloyatdagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2025-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash haqida”gi 31-12-0-Q/25-sonli qaroriga oʻzgartirish vaqoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Viloyatdagi tadbirkorlik muhitini yaxshilash, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshirish, hunarmand va tadbirkorlar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xiva shahar hokimligining 2025-yil 29-maydagi 5-197-sonli xatini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Xiva shahar hokimligining 2025-yil 29-maydagi 5-197-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 23-yanvardagi “Viloyatdagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2025-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash haqida”gi 31-12-0-Q/25-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qaror “Xorazm haqiqati” gazetasida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M.Achilov zimmasiga yuklansin.
Viloyat hokimi J. RAXIMOV
Xorazm viloyati,
2025-yil 20-iyun,
277-12-0-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.