XALQ DEPUTATLARI MIRISHKOR TUMANI KENGASHINING
QARORI
Tumanda suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini shakllantirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Mirishkor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan nooʻsuv davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqish boʻyicha takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 162 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini shakllantirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mirishkor tuman hududlariga 2025-yilning hosili uchun oʻsuv davri sugʻorishlariga ajratilgan cheklangan suv limiti 1-ilovaga tuman suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obʼektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha oʻsuv davri uchun suv olish limitlari boʻyicha takliflari 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (N.Elmurodov) va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (D.Shaymardonov)larga belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Kengashning agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (Ch.Bekmurodov) va tuman qishloq xoʻjalik boʻlib boshligʻi oʻrinbosari D.Shaymardonov zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror Mirishkor tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kunda kuchga kiradi.
Kengash raisi GʻULOMOV FAYZULLO QURBONOVICH
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani,
2025-yil 19-iyun,
VII-8-81-4-63-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.