19.06.2025 yildagi VII-13-78-10-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish hamda ularda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim miqdorini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 428-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyatida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish hamda ularda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun 2025-yilga yagona oylik yigʻim miqdorini belgilash maqsadida, Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2025-yil 8-maydagi yigʻilish bayoni va xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari D.Babajanovning viloyatda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi hamda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish va ularda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun 2025-yilga yagona oylik yigʻim miqdorini belgilash yuzasidan taklifi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyatida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tasdiqlangan chizmalarga muvofiq boʻsh boʻlgan reklama joylari yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksion savdosiga chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyatida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun 2025-yilga oylik yigʻimlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish hamda ularda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim miqdorlari kuchga kirgan kundan boshlab Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2024-yil 8-apreldagi VI-88-35-10-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror imzolangan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (B.Kabulov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi direktori (O.Begaliyev) va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining viloyat boshqarmasi (Sh.Nizamudinov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorni “Nurafshon TV” teleradiokanalida, “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinishi hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Gʻaniyev va viloyati hokimi oʻrinbosari D.Babajanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi FAYZIYEVA SAYYORA MAVLYANOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-78-10-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.