19.06.2025 yildagi VII-9-70-5-79-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy shahrida “Oʻzbekiston madaniy boyligi” nomli etno va gastronomik koʻchani tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda umummilliy totuvlik, birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish, koʻp millatli xalqimizning jonajon Oʻzbekistonimiz farovonligiga daxldorligini kuchaytirish, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida 2025-yil 19-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-52-son Farmoni qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Farmonning 4-band, “b”-kichik bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan koʻchalarni barcha millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini, oʻzaro uygʻunlashgan millatlararo munosabatlarni ifodalagan “Oʻzbekiston madaniy boyligi”nomli koʻchalar sifatida tashkil etish belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-52-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Navoiy shahar komissiyasining 2025-yil 6-maydagi 01-01/51-son yigʻilish bayoni, “Umid” mahalla fuqarolar yigʻini va “Bahor” mahalla fuqarolar yigʻini Kengashlarining 2025-yil 7-maydagi 01-sonli qoʻshma yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 19-maydagi 05-19-7906-son yigʻilish bayoni va “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqidagi” xulosasi, viloyat hokimligining 2025-yil 25-maydagi 07-07/480-son topshiriq xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asoslanib, xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 йил “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-52-son Farmoni ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert kommisiyasining 2025-yil 19-maydagi 05-19-7906-son yigʻilish bayoni, “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqidagi” xulosasi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Navoiy viloyati markazi – Navoiy shahri, “Nurafshon” nomli koʻchasi oʻzgartirilib oʻrnida “Oʻzbekiston madaniy boyligi” nomli etno va gastronomik koʻcha tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Navoiy shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (Haqberdiyev), shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunalxoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Tursunov) shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Tuxtayev) bilan birgalikda koʻchaning kirish va chiqish qismida “Oʻzbekiston madaniy boyligi” nomi qayd etilgan ramziy darvozalarni oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda bir oy muddatda oʻrnatish masalalarini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kadastrlar palatasi Navoiy shahar filiali (Shavkiddinov) 10 (oʻn) kun muddatda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining mazkur qarori bilan oʻzgartirilgan geografik obyektining nomini davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Navoiy shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (Ergashev), shahar statistika boʻlimi (Qarshiboyev), Kadastrlar palatasi Navoiy shahar filiali (Shavkiddinov)ga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib, hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi (Yaxyoyev) yangi nom berilgan va nomi oʻzgartirilgan hududda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy shahar boʻlimi (Yelmuratov) bir oy muddatda nomi oʻzgargan geografik obyektning nomini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror “Navoiy ziyosi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mirzayev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ERGASHEV DILMUROD BEKMURADOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Navoiy sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-70-5-79-K/25-son