XALQ DEPUTATLARI ANDIJON VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Andijon viloyatdagi tuman va shaharlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarni belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi OʻRQ-635-sonli qonunning 10-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-son bayoni 20-bandiga hamda Bosh vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatning 2 ta tuman va 1 ta shahar maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash yuzasidan Xalq deputatlari tuman va shahri Kengashlarining qarorlarini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6, 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Andijon viloyatining tuman va shaharlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarni belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida Kadastr agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi F.Berdikulovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman va shahar maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan:
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-4-28-1-29-K/25-sonli, xalq deputatlari Andijon tuman Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-4-42-1-16-K/25-sonli hamda xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashining 2025-yil 1-apreldagi VII-4-35-1-15-K/25-sonli qarorlari maʼqullansin.
3. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari D.Karimovga:
15 kun muddatda tuman va shaharlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarni belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini tashkillashtirish va taʼminlash viloyat birinchi oʻrinbosari D.Karimovga nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi AXUNOV UKTAMJON XXX
Andijon viloyati,
2025-yil 18-iyun,
VII-6-137-1-0-K/25-son