17.06.2025 yildagi 105-13-194-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ELLIKQALʼA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ellikqalʼa tumani hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil 19-yanvar kungi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-900-sonli Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi talablariga asosan Ellikqalʼa tumani hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktik ogohlantirish va ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisalarining oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan keng koʻlamli tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar rejasini ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ellikqalʼa tumani Tibbiyot birlashmasining 2025-yil 9-aprel kungi 175-sonli xati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ellikqalʼa tuman hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl- transport hodisalarini oldini olish maqsadida oʻrnatilishi lozim boʻlgan yoʻl belgilari va manzili 1-ilovaga asosan tasdiqlansin hamda mazkur yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Q.Uzaqbayev), tuman ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi (B.Qoʻchqarov), tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi (E.Tadjiyev) va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (N.Serjanov)larga tuman hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilarini oʻrnatish va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Alimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ellikqalʼa tumani hokimi V. NIYAZIMBETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-13-194-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.