XALQ DEPUTATLARI ANDIJON VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining 2025-yil 16-apreldagi 01-04-2506-sonli xati asos uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2025-yil 23-yanvardagi VII-4-6-1-0-K/25 son qarori ilovasidagi Birdamlik, Beruniy, Qadriyat, Hamdoʻstlik hamda Baynalminal mahalla fuqarolari yigʻinlari maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash tavsifi va chegaralari ilovaga muvofiq oʻzgartilsin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
4. Viloyat hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (R.Eshonov) ushbu qarorni matbuotda eʼlon qilsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri (N.Toychiyeva) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi AXUNOV UKTAMJON XXX
Andijon viloyati,
2025-yil 16-iyun,
VII-9-131-1-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.