16.06.2025 yildagi 181-4-60-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat hokimining 2025-yil 14-maydagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-may “Hududlarda mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 308-son qarori ijrosi haqidagi 238-4-0-Q/25-sonli qarori toʼgʼrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-maydagi “Hududlarda mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari to'g'risida”gi 308-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6-, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 14-maydagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-maydagi “Hududlarda mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 308-son qarori ijrosi haqida”gi 238-4-0-Q/25-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2025-yil 17- yanvardagi PQ-12-son qaroriga muvofiq 2025-2026-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mikrosanoat markazlarini (keyingi o'rinlarda - Mikrosanoat markazlari) barpo etish loyihalarining manzilli ro'yxati tasdiqlangani ma'lumot uchun qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlari hududlarning ixtisoslashuvi va tadbirkorlik an'analarini (hududlarning drayveri), yuqori daromadli ish o'rinlarini yaratishni, shuningdek, xorijiy davlatlar (Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya) tajribasi asosida qurish inobatga olingan holda ishlab chiqiladigan alohida konsepsiyaga muvofiq barpo etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlarida hunarmandchilik, tikuvchilik, poyabzalchilik, qandolatchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shug'ullanadigan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlari (keyingi o'rinlarda - tadbirkorlik subyektlari) joylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlariga ishlab chiqarishlarni joylashtirishda tabiiy gazga muqobil bo'lgan yoqilg'i turlaridan va energiya tejamkor texnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash- rekuperatsiya qilish va boshqalar) foydalanishga ustuvorlik berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlarining loyiha konsepsiyasi Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan O'zbekistan Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan loyiha tashkilotlarini jalb qilish orqali ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlarining qurish uchun yer uchastkalari tasdiqlangan loyiha konsepsiyasi asosida ishlab chiqarish bino va inshootlarini tayyor holda qurish va keyinchalik ularga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish uchun tashabbuskor pudrat tashkilotlariga elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksion savdolari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarori bilan tasdiqlangan 2025-2026-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalarining manzilli ro'yxati asosida o'tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksion savdolari g'olibi bo'lgan pudrat tashkilotlari bilan O'zbekistan Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tuman (shahar) hokimliklari o'rtasida Mirkosanoat markazlarini tasdiqlangan loyiha konsepsiyasi asosida qurish va ularga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish shartlari (ijaraga (lizingga) berish, kredit, to'liq yoki bo'lib-bo'lib to'lash orqali sotish) to'g'risida uch tomonlama bitim tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta'minlash bo'yicha xarajatlar mahalliy byudjetlarning qo'shimcha manbalari, shu jumladan, mahalliy byudjetlarga ushbu qarorga muvofiq yerlarni elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablag'lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanda mikrosanoat markazlarini barpo etish hamda ularga kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish bo'yicha ishchi guruh tarkibi ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini ta'm inlash va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2025-yil 17- yanvardagi PQ-12-son qaroriga muvofiq mikrosanoat markazlarini barpo etish uchun belgilangan hududlardan tuman hokimligi zaxirasidagi qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh yer uchastkalarini tanlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlarini loyiha konsepsiyasi asosida qurish uchun tanlangan yer uchastkalarining belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlari pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatlarda qurilishi ustidan doimiy monitoring yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlariga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish va ularning faoliyatini tashkil etishda yordam ko'rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalari doirasida yangi ish o'rinlari yaratilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari H.Nazarov, tijorat bank rahbarlari bilan birgalikda, Mikrosanoat markazlariga tadbirkorlarni jalb qilish, ularning biznes-rejalari asosida yangi loyihalarni ishlab chiqish, loyihalarga tijorat banklari tomonidan kredit ajratish va loyihalarni amalga oshirishda ko'maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla bankirlari orqali bank xizmatlarini targ'ib qilish, tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash va yangi mijozlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlarining ixtisoslashuvi va shart-sharoitlaridan kelib chiqib, boshqa hududlardagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish choralarini ko'rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (Sh.Avazov) ishchi guruh bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etishda yuzaga keladigan muammolarni joylarga chiqqan holda o'rganib borsin va ularni bartaraf etish bo'yicha boshqa mutasaddi tashkilotlar va idoralar bilan tegishli choralar ko'rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrosanoat markazlarining loyiha konsepsiyasida ishlab chiqarish maydonlari bilan bir qatorda shourum, omborxona, ofis va o'quv-ishlab chiqarish xonalari tashkil etilishini inobatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari ko'magida tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqargan mahsulotlarni onlayn platformalar orqali sotishga ko'maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Mikrosanoat markazlari hududida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda ularning ixtisoslashuvi bo'yicha Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan dual ta'lim tizimini tashkil etish orqali kambag'al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o'qitish hamda ishga joylashtirilishga e'tibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Mikrosanoat markazlari faoliyatini tashkil etishda amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha tuman hokimiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o'rinbosari H.Nazarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koson tuman hokimi A. BOYKARAEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-4-60-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.