№ | Doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratilayotgan davlat idorasi nomi | Yer maydonidan foydalanuvchi yoki yer maydonida joylashgan obyekt nomi | Manzili (obyekt nomi) | Amalda foydalanib kelayotgan hamda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilayotgan yer maydoni (gektar) | Qurilish osti maydoni (kv.m) | Umumiy foydali maydoni (kv.m) | Foydali maydoni (kv.m) | Kadastr raqami |
| |||||
Toshkent tumani 10 ta | x | 0,7080 | 0,708 | x | x | x |
| |||||||
1 | Toshkent tumani xoʻjalik hisobidagi dezinfeksiya stansiyasi davlat muassasasi | Toshkent tumani xoʻjalik hisobidagi dezinfeksiya stansiyasi bino inshootlari | Keles shahar, Xamza koʻchasi, 34-uy | 0,06 | 180,87 | x | x | 11:11:01:01:07:1009 |
| |||||
2 | "Shirin" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Shirin" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino inshootlari | Shirin MFY | 0,015 | x | x | x | Kadastr raqami shakillantirilmagan |
| |||||
3 | "Chuvalachi" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Chuvalachi" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino-inshootlari | Chuvalachi MFY, Mehribon koʻchasi, 54-uy | 0,03 | 156,93 | x | x | 11:11:41:02:01:0039 |
| |||||
4 | "Uch-chinor" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Uch-chinor" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino-inshootlari | Uch-chinor MFY, Quyi koʻkterak koʻchasi, 41-uy | 0,197 | 235,06 | x | x | 11:11:41:01:01:0020 |
| |||||
5 | "Farovon" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Farovon" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino inshootlari | Farovon MFY, Ulugʻbek 1-berk koʻchasi, 31-uy | 0,043 | 186,99 | x | x | Kadastr raqami shakillantirilmagan |
| |||||
6 | "Yangihayot" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Yangihayot" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino-inshootlari | Yangihayot MFY, Xurmozor 4-koʻchasi | 0,04 | x | x | x | Kadastr raqami shakillantirilmagan |
| |||||
7 | "Fayzobod" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Fayzobod" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino-inshootlari | Fayzobod MFY, M.Yusuf koʻchasi, 22-uy | 0,198 | 838,66 | x | x | 11:11:09:02:02:0565 |
| |||||
8 | "Diydor" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Diydor" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino inshootlari | Diydor MFY, Shifobaxshsuvlar koʻchasi, 76/5-uy | 0,07 | 231,57 | x | x | 11:11:10:02:03:1275 |
| |||||
9 | "Oydin xayot" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Oydin xayot" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino-inshootlari | Oydin xayot MFY, Yunusobod koʻchasi | 0,03 | x | x | x | Kadastr raqami shakillantirilmagan |
| |||||
10 | "Darxon" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi | "Darxon" fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organi bino inshootlari | Darxon MFY, Doʻrmon koʻchasi | 0,025 | x | x | x | Kadastr raqami shakillantirilmagan |
| |||||
Toshkent tuman hokimining qarori, 13.06.2025 yildagi 173-10-212-Q/25-son
Кучга кириш санаси
14.06.2025
|
Hujjat 09.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
TOSHKENT VILOYATI TOSHKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 5-iyundagi “Viloyatning shahar va tumanlari hududidagi 36 ta davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga amalda foydalanib kelayotgan yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berish toʻgʻrisida”gi 367-10-0-Q/25-sonli qarori toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 19.1-bandi hamda boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida qabul qilingan Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 5-iyundagi 367-10-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Yer kodeksining 5-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 10-moddalariga asoslanib, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalar” toʻgʻrisidagi videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni hamda boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida qabul qilingan Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 5-iyundagi 367-10-0-Q/25-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Toshkent tumani hududidagi davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari foydalanishidagi jami 10 ta obyekt joylashgan 0,708 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari ilovaga muvofiq doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganligi inobatga olinsin.
(2-band Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimining 2025-yil 8-iyuldagi 257-10-212-Q/25-sonli qarori tahririda)
3. Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali (O.Xoldorov) ushbu qarorga muvofiq yer maydonlari ajratilayotgan tashkilotlarnining arizalariga asosan, belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirsin hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari S.Mirsagatov zimmasiga yuklansin.
1-ilova
Toshkent tumani hududidagi 10 ta davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilayotgan amalda foydalanib kelayotgan yer maydonlari
Tuman hokimi S. ERGASHEV
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
2025-yil 13-iyun,
173-10-212-Q/25-son