13.06.2025 yildagi VII-11-134-3-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasining xulosasini koʻrib chiqish va maʼqullash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023 yil 21 noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 20-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir tomonidan 2023 yil 15 dekabrdagi 03/4.3-253-sonli “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur “Yoʻl xaritasi” 11-bandida Andijon, Namangan, Fargʻona, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari tuman va shaharlari chegaralarini belgilash boʻyicha hujjatlarni tegishli hokimliklarga taqdim etish va chegaralarini tasdiqlash choralarini koʻrish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, dastlab Jizzax viloyatining 13 ta shahar va tumanlari komissiyalari tomonidan chegara chizigʻini belgilash, oʻzgartirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar koʻrib chiqilib, qoʻshni tuman (shahar)lar bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 10-moddasida Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qilishi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qilish tartibi ularning reglamentlarida belgilanishi koʻrsatib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, ushbu kelishilgan chegara chizigʻini tasdiqlash boʻyicha Xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlarining tegishli qarorlari qabul qilinib, chegara chizigʻining tavsiflari va xaritalar tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 2024 yil 22 iyuldagi VI-56-103-3-43-K/24-sonli, Baxmal tuman Kengashining 2024 yil 9 avgustdagi VI-76-128-3-44-K/24-sonli, Gʻallaorol tuman Kengashining 2024 yil 24 dekabrdagi VII-3-027-3-45-K/24-sonli, Doʻstlik tuman Kengashining 2024 yil 7 avgustdagi VI-51-99-3-47-K/24-sonli, Sharof Rashidov tuman Kengashining 2025 yil 1 maydagi VII-6-75-3-46-K/25-sonli, Zomin tuman Kengashining 2025 yil 3 fevraldagi VII-5-28-3-48-K/25-sonli, Zarbdor tuman Kengashining 2024 yil 8 iyuldagi VI-67-89-3-49-K/24-sonli, Zafarobod tuman Kengashining 2024 yil 3 iyuldagi VI-69-89-3-50-K/24-sonli, Mirzachoʻl tuman Kengashining 2024 yil 13 sentyabrdagi VI-63-115-3-51-K/24-sonli, Paxtakor tuman Kengashining 2024 yil 5 avgustdagi VI-64-104-3-52-K/24-sonli, Forish tuman Kengashining 2024 yil 17 iyuldagi VI-69-63-3-53-K/24-sonli, Yangiobod tuman Kengashining 2025-yil 6 yanvardagi VII-3-4-3-54-K/25-sonli, Jizzax shahar Kengashining 2025-yil 6-maydagi VII-8-81-3-55-K/25-sonli qarorlari (keyingi oʻrinlarda – tuman (shahar) Kengashlarining tegishli qarorlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari raislari, tuman va shahar hokimlari tomonidan tegishli hududlarni maʼmuriy-hududiy chegarasi belgilash loyiha ishlarini xalq deputatlari viloyat Kengashida koʻrib chiqilishi, Kengashning tegishli qarori qabul qilinishi yuzasidan iltimosnomalar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-sonli qarori 4-bandida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakunlangandan soʻng bir oy muddatda zaruratga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yoki ularga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga hamda tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashlariga takliflar kiritilishini taʼminlashi koʻrsatib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 25-moddasida viloyat yoki tuman boʻysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshirilishi, bunda tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadigan hujjatlar qatoriga “tegishli viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining shahar yoki tumanning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish haqidagi qarori” ham kirishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, chegara chiziqlarini belgilash, oʻzgartirish yaʼni joylarda (natura holida) nuqtalarni hamda xaritalarini yaratish ishlari Jizzax viloyati tuman va shaharlarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda – viloyat komissiyasi) tomonidan koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida amalga oshirilgan deb topilgan hamda tegishli xulosa tasdiqlangan hamda koʻrib chiqish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur masala xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilganligi va doimiy komissiya majlisida muhokama qilinib, viloyat Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi 299-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan 2023 yil 15 dekabrdagi 03/4.3-253-sonli “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 6 , 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni hamda mazkur bayon ijrosi yuzasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan 2023 yil 15 dekabrdagi 03/4.3-253-sonli “Yoʻl xaritasi” rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax viloyati maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasining 2025-yil 22-maydagi xulosasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jizzax viloyatining shahar va tumanlarini maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash yuzasidan Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi N.Sidiqovning axboroti va viloyathokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari-viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Z.Ruziyev tasdiqlagan 2025 yil 23 maydagi 04-360-sonli yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlari raislari, tuman va shaharlar hokimlari tomonidan tegishli hududlarni maʼmuriy-hududiy chegarasi belgilash loyiha yuzasidan kiritilgan iltimosnomalari hamda shahar va tumanlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilinganligi inobatga olinsin va maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi (N.Sidikov), Davlat Kadastrlar palatasining viloyat boshqarmasi (S.Qodirqulov), Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo boʻlinmasi (D.Shodmonbekov) hamda shahar va tumanlar hokimlariga shahar va tumanlar chegara chiziqlarini belgilash, oʻzgartirish yaʼni joylarda (natura holida) nuqtalarni belgilash hamda xaritalarini yaratish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida amalga oshirilganligi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilinish munosabati bilan, Jizzax viloyati hokimining 2020-yil 9-noyabrdagi “Viloyatdagi ayrim tumanlarning maʼmuriy-hududiy birliklar chegarasini belgilash toʻgʻrisida”gi 84/13-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimining oʻrinbosarlari (Z.Azimov va Sh.Djoʻrayev) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasi talablaridan kelib chiqib, Jizzax viloyatining 13 ta shahar va tumanlari chegara chizigʻini belgilash, oʻzgartirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻrnatilgan tartibda iltimosnoma kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralarni oʻzgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashining chegaralarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish haqidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan chegaralari oʻzgartirilayotgan maʼmuriy-hududiy chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizigʻining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini koʻrsatib oʻtish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (A.Binoqulov), viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi (U.Adilov), Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi (E.Shermonov), «Jizzax haqiqati»-«Djizakskaya pravda» gazetasi (B.Nazarov) qarorni rasmiy nashrlarda va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli taʼminlash vazifasi viloyat hokimining oʻrinbosarlari Z.Azimov, Sh.Djurayevlarga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi SHUKUROV PARDA XXX
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Boshka,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-134-3-0-K/25-son