XALQ DEPUTATLARI ELLIKQALʼA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Ellikqalʼa tuman Kengashining 2025-yil 28-mart kungi VII-7-36-13-194-K/25-sonli qarori ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 12-maydagi 237-13-0-Q/25-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasida sholi ekinlarini oqilona joylashtirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari taʼminoti barqarorligiga erishish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi qarorlariga muvofiq, Ellikqalʼa tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori v.v.b N.R.Razzakovning 2025-yil 3-iyun kungi 01/02-157-sonli xati bilan kiritgan taklifini tinglab muhokama qilib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Ellikqalʼa tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Ellikqalʼa tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori v.v.b N.R.Razzakovning 2025-yil 3-iyun kungi 01/02-157-sonli xati bilan kirtigan taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Ellikqalʼa tuman Kengashining 2025-yil 28-mart kungi VII-7-36-13-194-K/25-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish kiritilsin va ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi va qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi V.Yuldashevlar zimmalariga yuklatilsin.
4. Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari T.Nurimovaga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish vazifasi yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi NIYAZIMBETOV VALIJAN BATIRBAYEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani,
2025-yil 13-iyun,
VII-9-52-13-194-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.