12.06.2025 yildagi VII-12-96-9-124-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI GULISTON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15-martdagi 72-sonli buyrugʻi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi irrigatsiya tizimi boshqarmalari hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining suv olish va suv yetkazib berish rejalari, suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa ehtiyojlar boʻyicha umumlashtirilgan. Kutilayotgan suv resurslarini oʻz vaqtida isteʼmolchilarga yetkazish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil qilish hamda joriy yilning sugʻorish mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish boʻyicha tuman hududida hamda tizimdagi barcha Guliston tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM xodimlarining shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi xuzuridagi аgrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya tashabbusi hamda fikr, mulohazalarini inobatga olib, Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Guliston tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori toʻgʻrisidagi Guliston tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori A.Muxamedovning hisoboti maʼlumot ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Guliston tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiyqiy olinadigan suv miqdori boʻyicha Guliston tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM ning taklif loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun ID 97010-son bilan 15 kun muddatga “E-Kengash” elektron tizimiga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasiga loyiha regulation.gov.uz saytida eʼlon qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama yakunlari bilan jamoatchilik tomonidan takliflar kelib tushmaganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Guliston tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Guliston tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori A.Muxamedovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan suv olish limitlari doirasida irrigatsiya tizimi tuman suv yetkazib berish xizmati alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilar kesimida ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazsin; suv istemolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv istemolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda: suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv taʼminotidagi fuqoralar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalarning boʻlishi majburiy talab hisoblanishi eʼtiborga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini samarаli boshqarish maqsadida barcha suv olish nuqtalaridagi gidropostlarning mavjudligi va sifatli taʼmirlanganligini koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etsin hamda har bir suv olish inshootlari jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni samarali boshqarish va ulardan maqsadli hamda tejamli foydalanish boʻyicha oʻquv seminar va tushintirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir suv olish inshooti, nasos stantsiyasi boʻyicha suvning ikki (uch) tomonlama kundalik hisob jurnali, hisobi va hisobotini belgilangan tartibda olib borishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Guliston tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM hamda qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi joylarda suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring olib borilishini hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish va suv yetishmovchiligining oldini olish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Хalq deputatlari tuman Kengashining аgrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Nabiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi SHERANOV RAVSHAN TURSUNOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati, Guliston sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-96-9-124-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.