12.06.2025 yildagi VII-13-61-2-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BUXORO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun yangi tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-sonli Farmoni, “Buxoro suv taʼminoti” AJning 2025-yil 15-maydagi 678/1-sonli xati, “Damxoʻja magistral suv taʼminoti” AJning 2025-yil 19-maydagi 03-2/223-sonli xati, hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 15-maydagi 02/07-32/123-son, 02/07-32/124-son xulosalariga asoslanib, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni tartibga solish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Buxoro suv taʼminoti” AJ direktori Sh.Sadillayevning viloyatda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar tariflari yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar tariflari boʻyicha xulosalari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxoro viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun yangi tariflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat hokimining oʻrinbosari J.Arashov, “Buxoro suv taʼminoti” AJ (Sh.Sadillayev)ga, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan mavjud qarzdorliklarni qisqartirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvidan samarasiz va noqonuniy foydalanishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar darajasini yanada yaxshilash, tarmoqdagi avariya holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvi resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ularni isrof qilmaslik yuzasidan aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini kuchaytirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-89-99-2-0-K/23-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun yangi tariflar ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kirishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (O.Xamidov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ASHUROV JAMOL RAJABBOYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Buxoro sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-61-2-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.