11.06.2025 yildagi VII-15-105-9-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SIRDARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda tashqi reklama va axborot obektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalari, shuningdek, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar oʻrnatish chizmalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-son Qonuning 26-moddasi talablari va Vazirlar Makamasining 2018-yil 30-avgustdagi “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 702-sonli, 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli, 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy ahborotning aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 428-sonli qarorlari hamda viloyat hokimligining 2025-yil 8-apreldagi 2467-sonli xatini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-93 (XDFU) qarorining 13а-ilovasi 52-band) muhokama qilib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-son qonuni, 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli, 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy ahborotning aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 428-sonli qaror rahbarlik uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Makamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarorining 93-bandiga muvofiq viloyatda tashqi reklama va axborot obektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalari, shuningdek, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar oʻrnatish chizmalari ilovaga muvofiq maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Q.Yuldashevga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunining 211-moddasiga muvofiq mazkur chizmalarini qonun hujjatlari asosida koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hokimligi matbuot xizmati (M.Mirzayev), “Yangi Sirdaryo” va “Новая Сырдарья” gazetalari tahririyati bosh muharriri (B.Bahromov) gazetalarida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosar F.Kushakovga, nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi AXMEDJANOVA POKIZA SHAVKATOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-105-9-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.