XALQ DEPUTATLARI KOSONSOY TUMANI KENGASHINING
QARORI
Kosonsoy tumani boʻyicha 2025 yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlar uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Kosonsoy tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori M.Eshonov Kosonsoy tumani boʻyicha 2025 yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1,2,3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kosonsoy tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori M.Eshonovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazibberish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash,
suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Kosonsoy tuman partiya tashkilotining tashabbusi bilan Kosonsoy tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DMga tumandagi suv taʼminoti ogʻir hisoblangan 7 ta (Ququmboy, Boʻston, Fayzobod, Oʻzbekiston, Baxoriston, Xonqorgʻon va Yangi Oʻzbekiston) MFYga suv yetkazib berish vazifasi yuklatilgani inobatga olinsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ.Shodibekovga hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi (Z.Nuriddinov) zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi KADIROV DILMUROD GAFUROVICH
Namangan viloyati, Kosonsoy tumani,
2025-yil 10-iyun,
VII-7-49-6-80-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.