XORAZM VILOYATI TUPROQQALʼA TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tuproqqalʼa tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 27-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 140-sonli qarorining 5-bob, 39-bandini va tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 22-apreldagi 344-son yozishmasini eʼtiborga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 21¹-moddalariga muvofiq qaror qilaman:
1. Tuproqqalʼa tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 22-apreldagi 344-son yozishmasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuproqqalʼa tumani Nukus mahallasida yangi 5-son umumtaʼlim maktabi qurib, foydalanishga topshirilgani hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 3-apreldagi “Tuproqqalʼa tumanidagi geografik obyektlarga nom berish yoki qayta nomlash toʻgʻrisida”gi VII-8-53-12-218-K/25-sonli qaror maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuproqqalʼa tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumandagi 21 ta umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti rahbarlariga, mazkur qaror bilan biriktirilgan hudud boʻyicha maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga oʻqishga jalb qilishga shaxsan masʼul etib belgilansin.
Shuningdek, tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari umumtaʼlim maktabi yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish jarayonida oʻz hududidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
5. Xorijiy fuqarolarni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimning 2022-yil 14-sentabrdagi 217-12-218-Q/22-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʻlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Z.Roʻzmetov va tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Sh.Ruzibayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. JIMALYAZOV
Xorazm viloyati, Tuproqqalʼa tumani,
2025-yil 10-iyun,
94-12-218-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.