09.06.2025 yildagi 170-10-212-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT VILOYATI TOSHKENT TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 22-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida”gi 346-10-0-Q/25-sonli qarori toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida”gi 346-10-0-Q/25-sonli qarori toʻgʻrisida”gi 2025-yil 22-maydagi 346-10-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlashda, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 22-maydagi 346-10-0-Q/25-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturiy hujjatlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025—2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi» (keyingi oʻrinlarda — «yoʻl xaritasi»);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini qabul qilishdan kutilayotgan maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) (keyingi oʻrinlarda — maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) tasdiqlangani inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qaror bilan tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi (S.Xasanbaev), tegishli tashkilotlar bilan xamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi universiteti (Green University)da 5 iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar oʻrtasida mamlakatimizdagi dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forumda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda bir marotaba «Mahallani chiqindidan holi hududga aylantiramiz» shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, korxona va muassasalaridagi xodimlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish choralarini koʻrib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʼzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent tuman boʻlimi (M.Abdullaev) tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish tuman boʻlimi (S.Xasanbaev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholida ekologiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining har qanday buzilishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini olib borish, ularni qonun hujjatlaridagi javobgarlik choralari yuzasidan xabardorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik madaniyatni yuksaltirishda targʻibot tadbirlari bilan tuman hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholini qamrab olish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi S.Xasanbaev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.Mirsagatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi S. ERGASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-10-212-Q/25-son