XALQ DEPUTATLARI URGANCH SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2025-yil 16-maydagi VII-10-69-12-180-K-25-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mahalliy budjet mablagʻlarini oqilona sarflanishini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga asoslanib, xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1.“Shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi komissiyasi”ning Urganch shahar hokimi bilan kelishilgan holda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2025-yil 16-maydagi VII-10-69-12-180-K-25-sonli qarori ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Shahar mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan tushumlar hamda davlat aktivlarini sotishdan mahalliy budjetga tushumlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuni talablariga muvofiq ilovada koʻrsatilgan budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarga shahar hokimining taklifi asosida ajratilishi belgilansin.
3.Urganch shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari J.Sapayev ushbu mablagʻlardan maqsadli sarflanishini taʼminlasin va shahar mahalliy budjetiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
4.Urganch shahar gʻaznachilik xizmati boʻlim boshligʻi A.Atadjanov ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda tegishli hujjatlar taqdim qilingandan keyin oʻtkazilishini taʼminlasin.
5.Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash shahar hokimining birinchi oʻrinbosari J.Eshchanov, nazorat qilish хalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Xalimov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi RADJAPOV BUNYOD MADIRIMOVICH
Xorazm viloyati, Urganch sh.,
2025-yil 5-iyun,
VII-11-70-12-180-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.